182
2. Media va axboriy savodxonlikning vazifasi.
Media
va axboriy
savodxonlikning
vazifasi
aynan
ushbu
bilimlarni
foydalanuvchilarga
yyetkazishdan iborat. MAS o‘zida quyidagi tushunchalarni aks ettiradi:
a) demokratik jamiyatda media, kutubxonalar,
arxivlar va boshqa axborot
tizimlarining vazifalarini;
b) ommaviy axborot vositalari va axborot tizimlari bu vazifalarni samarali
bajarishlari uchun shartlarni;
d) ushbu vazifalarning bajarilish sifatini taklif qilinayotgan kontent va
xizmatlar orqali baholash usullarini;
Ushbu
tushuncha,
o‘z
navbatida, foydalanuvchilarga ongli ravishda
kommunikatsiya va axborot kanallari bilan o‘zaro ta’sir qilish imkoniyatini beradi.
MAS orqali egallanadigan kompensiyalar fuqarolarda tanqidiy fikrlashning
ko‘nikmalarini rivojlantirishga qodir bo‘lib, bu ularga
media va boshqa axborot
ta’minotchilaridan yuqori sifatli xizmatlarni taqdim etishni talab qilish
imkoniyatini beradi. Jamiyat OAVga ma’lum talablarni belgilab, ularning faoliyati
talablarga javob bermagan holda, ularning ommaviy tanqid uchun ochiq bo‘lishini
ta’minlaydi. Natijada, bunday tizim kattalashtiruvchi ko‘zgu sifatida xizmat qilib,
u orqali OAVni bajarilgan vazifalari hamda bu vazifalarni
ular bajaradigan
sharoitlar va ularning faoliyati auditoriya tomonidan qanday qabul qilinishi nuqtai
nazaridan baholash mumkin.
O‘qituvchilarning MASini oshirmagan holda, o‘qitilayotgan insonlarda
MASni oshirishning iloji yo‘q. Aynan o‘qituvchilarga yo‘naltirilganlik,
samaradorlikning ko‘p marotaba oshirilishi ta’minlaydigan
asosiy strategiya
183
hisoblanadi; axboriy jihatdan savodxon o‘qituvchilardan boshlab talabalargacha va
umuman olganda, jamiyatgacha.
Dostları ilə paylaş: