Media va axborot savodxonligi pedagogik innovatsiyalar, professional



Yüklə 5,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/117
tarix14.12.2023
ölçüsü5,11 Kb.
#177264
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   117
Media va axborot savodxonligi Norbotayeva Dildora Erkin qizi

3. An’anaviy
 
tarzdagi media savodxonlik
shaxsning adabiy sirlarni tahlil 
eta olish va sifatli matnlarni yaratishidan iborat bo‘lgan. Bugun media savodxonlik 
axborotning nega va nima uchun uzatilayotganligini bilish demakdir. Media 
savodxon inson o‘ziga bu axborotni kim va nima maqsadda yaratgan? Ushbu 
xabar men uchun zarurmi? Degan savolni bera olishi va to‘g‘ri xulosa chiqarishi, 
unga nisbatan tanqidiy yondashishi lozim. Mazkur savollar nafaqatsiz oilangiz 
davrasida televizor ko‘rayotgan, mashinada radio eshitayotgan yoki internetdagi 
xabarlarni ko‘rayotgan paytda berilishi, balki har qanday axborotni qabul 
qilayotgan va unga baho berayotganda ham kerak. Bugungi axboriy muhitni 
tushunishda media savodxonlik muhim ahamiyat kasb etadi. 
Mustahkamlash uchun savollar. 
1.
Matn ma’lumotlarini tahrirlash deganda nimani tushunasiz?
2. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haqida gapirib bering.
3.
An’anaviy tarzda media savodxonlik
deganda nimani tushunasiz? 
 


170 
7-Mavzu: Media va axborot bilan ishlash 
Reja: 
1. 
Ommaviy axborot vositalari tili.
2
. Axborot bilan ishlash kompetensiyasi shakllanishiga oid ilmiy metodik 
materiallar, maqollar tahlili.
3.
Axborot texnologiyasi.
 
 
1. Ommaviy axborot vositalari tili. 
Ommaviy axborot vositalari janrlariga 
gazeta, jurnal, radio, televideniye, internet va boshqalar kiradi. Shunga muvofiq 
ravishda OAV tili bu - matbuot, radio, teleko‘rsatuvga xos bo‘lgan tildir. Bunday 
til uslubi rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportaj, intervyu, bosh 
maqolalardan iborat bo‘ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali 
ifodalanadi. Zarur o‘rinda asoslar keltiriladi. Shuning uchun ham rasmiy 
xabarlarda “muxbirimizning xabar berishicha, elchixona xodimining so‘ziga ko‘ra, 
muxbirimiz voqea ro‘y bergan joydan xabar beradi ...” va hokazo iboralar 
qo‘llanadi. 
OAVda faoliyat yurituvchilar asosan jurnalistlar, muxbirlar, reportyorlar, 
sharhlovchi va blogerlardir. Jurnalist — asosiy faoliyati jurnalistika bilan 
shug‘ullanish bo‘lgan, muhim faktlar, voqealar, odamlar, hodisalar haqidagi 
axborotni yig‘ish, qayta ishlash va uni auditoriyaga yyetkazish orqali OAVni 
axborot bilan to‘ldiruvchi kishi.
Jurnalistlar, asosan, publitsistik faoliyatga yo‘nalgan bo‘lib, ular o‘z oldiga 
ma’lum ijtimoiy fikrni shakllantirish, shuningdek, nashr, radio yoki telekanal 
ta’sischilari belgilagan chegaralar doirasida jamiyat va davlat o‘rtasidagi vositachi 
bo‘lishni maqsad qiladi. Internet bu - hozirgi zamon talabidagi yagona ommabop 
kompyuter tarmog‘i hisoblanib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya’ni 
ongimizga mavhum bo‘lgan tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma’lumot
beruvchi aхborot manbaidir. Tabiiyki, hozirgi kunda ushbu omilga bo‘lgan 


171 
ehtiyojmandlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Mazkur tarmoq butun dunyo 
miqyosida global tarmoqdir. Internet tili juda murakkab va serqirralidir. Chunki 
Internet tarmoqlarida nutqning barcha uslublariga xos materiallar mavjud. Bugungi 
kunda internet bizning hayotimizga tobora kirib bormoqda. Internetda pochta, 
telefoniya, biznes (savdo, bank, auksion) ishlari ko‘proq amalga oshirilmoqda. 
Kundan-kunga tarmoqda axborot manbalari ko‘paymoqda. Yildan yilga 
Internetdan foydalanuvchilar soni ortib bormoqda.
Internet deyarli ta’lim 
jarayoni uchun ideal muhit vazifasini o‘taydi. Bunga Internet
foydalanuvchilarining dunyoning istalgan nuqtasidan tarmoq resurslaridan 
foydalana olishligi muhim omillardan biri sifatida ko‘rsatilmoqda. Tarmoq
foydalanuvchilari va axborot sahifalari soni uzluksiz tarzda o‘sib borib, 
ko‘pchilik yoshlar uchun ermak va qulay vositaga aylanmoqda. AQSh da 
o‘tkazilgan statistik tadqiqotlarga ko‘ra Oliy o‘quv yurtlarining yuqori kurs va
kollejlari talabalarining 100%i Internetdan foydalanadilar. Talabalar 
Internetning faol foydalanuvchilari sifatida haftasiga o‘rtacha 11 soatni 
onlaynga sarflaydilar. Har 10 talabadan 9 tasi kuniga elektron pochtasidan
foydalanadilar.

Yüklə 5,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin