Media va axborot savodxonligi pedagogik innovatsiyalar, professional


OAV mafkura tarqatish vositasimi?



Yüklə 5,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/117
tarix14.12.2023
ölçüsü5,11 Kb.
#177264
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   117
Media va axborot savodxonligi Norbotayeva Dildora Erkin qizi

OAV mafkura tarqatish vositasimi? 
Tadqiqotchi D.Muitov hozirgi 
jurnalizmning zamonaviy imkoniyatlariga yanada kengroq taʼrif beradi: “bugun 


174 
ommaviy axborot vositalaridan u yoki bu mamlakatda olib borilayotgan siyosatga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri taʼsir qilish imkoniyatidan foydalanish yo‘liga o‘tilgan.” “Albatta 
shunday paytda u siyosatning muhim bir elementi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Ikkinchi tomondan OAV turli davlatlar haqida hududiy tasavvurlarni 
rivojlantirishi, kayfiyatlarni o‘zgartirib turishi, aholining keng qatlamida tarqala 
olish imkoniyatiga ega”, - deydi, D.Muitov. O‘zbek olimi eʼtirof etganidek, 
haqiqatan ham OAV orqali ulashilgan maʼlumot auditoriyaning biron bir xorijiy 
mamlakat yoki uning tarkibiga kiruvchi aniq bir viloyat yoki hudud
to‘g‘risidagi tasavvurini rivojlantirishga xizmat qiladi. 
Rossiyalik tadqiqotchilar A.Demidov va A.Fedoseyev jurnalistlar tomonidan 
amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamiga quyidagicha baho beradilar: “OAVning bu 
imkoniyati ijtimoiy fikrni shakllantirishda juda qo‘l keladi. Shu jihatdan olib 
qaraganda, u geosiyosiy o‘yinchilarning o‘yinchog‘iga aylanishi hech gap emas. 
Bu jarayonda transmilliy korporatsiyalar, diniy tashkilotlar kabi boshqa turli 
faktorlarning teng ishtirok etishga intilishi sezilmoqda.” Ko‘rinadiki, 
ommaviy 
kommunikatsiyalar o‘zining birlamchi vazifalaridan chekinish holatlari 
amaliyotda ko‘p kuzatiladi. Yaʼni ular faqat xolis axborot yyetkazish bilan 
cheklanmayaptilar. Biroq, mamlakat media imijini yuksaltirishda OAV geosiyosiy 
manfaatlarni birinchi o‘ringa qo‘yishi nazariy jihatdan ham, professional etika 
nuqtai nazardan ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki jurnalistikaning asosiy vazifasi 
turli siyosiy o‘yinlarda ishtirok etish emas, balki mahalliy yoki xorijiy o‘quvchini 
qiziqtira oladigan obyektiv axborotni tarqatishdan iboratdir. 

Yüklə 5,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin