172
texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib
topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash,
tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham
o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi,
shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir
qatorda
boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bugungi kunda
ta’limda
“Aqliy hujum”, “Fikrlar hujumi”, “Tarmoqlar” metodi, “Sinkveyn”,
“BBB”, “Beshinchisi ortiqcha”, “6x6x6”, “Bahs-munozara”, “Ro‘lli
o‘yin”, FSMU
kabi metodlar, texnologiyalar qo‘llanmoqda.
Shuning uchun
kasb-hunar maktablarida malakali kasb egalarini tayyorlash, ularni mustaqil
fikrlashga o‘rgatish, ijodkorlikka o‘rgatishda zamonaviy o‘qitish
metodlari
–
innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ro‘li benihoya kattadir. pedagogik
texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba
va interfaol metodlar
o‘quvchilarni bilimli, yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi. Ta’kidlash
joizki, o‘quvchi-yoshlarga zamon talablari darajasida bilim beruvchi pedagog,
avvalo, o‘zi ana shunday bilimlar bilan qurillangan bo‘lishi va ularni amaliyotda
tatbiq eta olishi zarur.
Dostları ilə paylaş: