173
8-Mavzu: Medianing funksiyalari.
Reja:
1.
Medianing funksiyalari.
2.
Tarix va xalqaro qo‘llanmalar.
3.
Muqobil ijtimoiy media.
1.Medianing funksiyalari.
O‘z o‘rnida mamlakat imiji,
hudud haqida
kishilar ongida shakllanadigan tasavvur bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli
tadqiqotimizda kognitivlikning o‘rniga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Chunki bu
hodisa
ommaviy kommunikatsiya
vositalarining asosiy quroli bo‘lgan til
imkoniyatlari va undan foydalanish orqali yaqqol namoyon bo‘ladi.
Olimlarning eʼtiroficha, kognitiv tilshunoslik bu jihatdan psixolingvistika,
antropolingvistika,
etnolingvistika,
sotsiolingvistika
kabi
turli
kichik
tarmoqlarga bo‘linadi. Biz ushbu tadqiqot doirasida mamlakat imijini shakllantirish
va
rivojlantirishda
jurnalistikaning
o‘rni,
OAV
tilining
omma
(auditoriya) ongiga kognitiv jihatdan taʼsirini o‘rganamiz. Matbuotning klassik
vazifalari qatorida odatda quyidagilar qayd etiladi:
a)axborotni to‘plash;
b)
uni qayta ishlash;
c) tarqatish;
Biroq shular qatorida OAVning yanada dolzarbroq g‘oyaviy funksiyalari
ham borki, ular asosan jalb etish, yo‘naltirish, taʼlim berish, tarbiyalashdan iborat
bo‘ladi.
Imijning zamonaviy konsepsiyalarida uning axborot-communication
tabiati
alohida qayd etiladi. Imij kommunikatsiya jarayonlari vositasida biron bir obyekt
haqidagi axborot asosida shakllanadi. O‘zbekistonning yangi media imijini
shakllantirishda medianing aynan jalb etish funksiyasidan
samarali foydalanish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: