Media va axborot savodxonligi pedagogik innovatsiyalar, professional



Yüklə 5,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/117
tarix14.12.2023
ölçüsü5,11 Kb.
#177264
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   117
Media va axborot savodxonligi Norbotayeva Dildora Erkin qizi

Qidiruv tizimi turlari
Qidiruv tizimlarini bir qancha belgilariga ko‘ra 
turlarga ajratish mumkin. Quyidagi belgilar misol sifatida tanlangandir. Yangi 
qidiruv tizimini yaratishda ushbu belgilarning hammasini olish shart emas. 
Axborotlar turi
Turli xil qidiruv tizimlari turli xil axborot turlarini qidira 
oladi. Avvaliga umumiy qilib maʼlumotlar turini ko‘rsatish mumkin, masalan, 
matn, tasvir, videotasvir, audiofayl va boshqalar. Natijalar ham ushbu turlarga 
bog‘liq holda tartibga solinadi. Matn qidirilganda natija sifatida ushbu matndan 
kalit so‘z qatnashgan bir qism ko‘rsatiladi. 
2. Matnlarni tahlil qilish. Axborotlar manbayi
Klassifikasiyaning yana 
bir turi bu qidiruv tizimi topgan axborotning manbayi hisoblanadi. Ko‘pincha
qidiruv tizimining nomi axborotlarni
qaysi manbadan qidirishini ko‘rsatadi. 

Web qidiruv tizimi - WWWdan maʼlumot qidiradi; 

Usenet qidiruv tizimi - butun dunyoga taqsimlangan munozaralar mediumi 
(vositasi) hisoblanadigan Usenetdan maʼlumot qidiradi; 

Intranet qidiruv tizimi - alohida tashkilotning ichki tarmog‘idagi kompyuterlar- 
dan maʼlumot qidiradi; 

Desktop qidiruv tizimi - alohida kompyuterning maʼlumotlar bazasidan 
maʼlumot qidiradigan dastur; 


179 
 
Amalga oshirish usuli

Indeksga asoslangan qidiruv tizimi — hozirda eng muhim tizim. Bu tizim 
tegishli maʼlumotlarni topib, indeks yaratadi. Indeks shunday bir strukturaki
bunda saqlangan maʼlumotlar keyingi qidiruv vaqtida ham qo‘llaniladi. Lekin bu 
tizimda indeksni yangilab turish va saqlash muammoli bo‘lsa ham, qidiruv 
jarayoni tez ekanligi bu tizimning ustunligidir. Bu strukturani ko‘pincha invers 
indeks deb ham atashadi.

Meta qidiruv tizimi — qidiruv so‘rovnomasini bir vaqtning o‘zida bir necha 
indeksga asoslangan qidiruv tizimlariga jo‘natadi va natijani turli kombinasiyada 
ko‘rsatadi. Ustunlik tomoni — ko‘p miqdorda maʼlumotlar topishi va 
implementasiya jarayoni osonroqligidir. Ushbu qidiruv tizimi kam uchraydigan 
maʼlumotlarni qidirishda yaxshi hisoblanadi. 

Gibrid formadagi qidiruv tizimi — odatda nisbatan kichik indeksga ega, lekin 
boshqa 
qidiruv 
tizimlariga 
ham 
so‘rovnoma 
jo‘natib, 
natijani 
kombinasiyalangan tarzda ko‘rsatishi mumkin. Kam uchraydigan maʼlumotlarni 
qidirishda yaxshi emas. 

Guruhlashtirilgan qidiruv tizimi — nisbatan yangi, bunda qidiruv so‘rovnomasi 
o‘z qidiruv tizimiga ega bir necha kompyuterlarga jo‘natiladi va natija 
umumlashtiriladi. Markazlashtirilmagani uchun uzilib qolish xavfi yo‘q, 
ishonchli, lekin markaziy senzura (cheklashlar) qo‘yishning iloji yo‘q. 
Interpretasiya
foydalanuvchining qidiruv so‘rovnmasi qidirsh jarayoni 
boshlanishidan 
oldin 
kerakli 
qidiruv 
algoritmiga 
tushunarli 
qilib 
interpretasiya(tarjima) qilinadi. Bu esa o‘z navbatida so‘rov sintaksisini imkon 
qadar soddaroq qilish va murakkab so‘rovlarni bajarish imkonini yaratishga xizmat 
qiladi. Ko‘plab qidiruv tizimlari matematik mantiqdagi operasiyalari yordamida 
turli kalit so‘zlarning mantiqiy birikmasini hosil qila oladi. Natijada esa maʼlum 
kalit so‘zga ega web-sahifani topish imkoni paydo bo‘ladi. Eng yangi qidiruv 
tizimi tabiiy tilni tushunadigan qidiruv tizimini bo‘lib, uni semantik qidiruv tizimi 
deb atashadi.


180 

Yüklə 5,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin