Q I2Rt.
Birlik vaqtda birlik hajmdan ajralib chiquvchi issiqlik miqdorini tokning solishtirma quvvati deb ataymiz. Tokning quvvati
2
N A IU I 2 R U t R
, (14.1)
formulalari bilan ifodalanib: XBS da quvvatning birligi 1vatt 1A*1V 1Vt.
Elektr toklari bir-biri bilan o’zaro ta’sirlashadi. Tokli o’tkazgichlar orasidagi o’zaro ta’sir magnit ta’sir deyiladi. Tokli o’tkazgichlarning bir-biriga ta’sir qiladigan kuchlari magnit kuchlar deyiladi. Parallel o’tkazgichlarning har birining birlik uzunligiga to’g’ri keluvchi o’zaro ta’sir kuchi ulardagi I1 va I 2 toklarga to’g’ri proporsional va ular orasidagi l masofaga teskari proporsional. Bundan
F k 2I1 I2 (15.1)
r
bo’lishi kerak. Bu yerda I1 va I 2 parallel o’tkazgichlardan o’tuvchi toklar, r- o’tkazgichlar orasidagi masofa, k- proporsionallik koeffitsienti. Proporsionallik
koeffitsienti XBS da k 0
4
ga teng bo’lib, -muhitning nisbiy magnit
singdiruvchanligi, 0- magnit doimiysi bo’lib, 4 *10 -7 Gn/m ga teng. Parallel o’tkazgichdagi toklarning o’zaro ta’siri va bu ta’sirni o’tkazgichlar shakliga, o’tkazgichlardagi toklar yo’nalishiga bog’liqligini Amper kashf qilgan.
Toklarning o’zaro ta’siri magnit maydoni deb ataluvchi maydon orqali amalga oshadi. Magnit maydoni materiyaning maxsus turi hisoblanadi. Uning asosiy xossalari:
Magnit maydonini elektr toki hosil qiladi.
Magnit maydoni tokka ko’rsatadigan ta’siriga qarab payqaladi.
1820 yili Bio-Savar har xil shakldagi toklarning magnit maydonlarini o’rgandilar. Laplas, Bio va Savar tajribalarining natijalarini analiz qilib, istalgan tokning magnit maydonini tokning alohida elementar bo’laklari hosil qilgan maydonlarning vektor yig’indisi sifatida hisoblash mumkinligini aniqladi. Laplas uzunligi dl bo’lgan tok elementi hosil qilgan maydonning magnit maydon kuchlanganligi uchun:
1 I sin
dH dl
(16.1)
4 r 2
ifodani hosil qilgan, bu yerda I-tok kuchi, - r
bilan dl
orasidagi burchak.
|