47
xalaqit bermay fazoda tarqaladi, shu sababli biz predmetlarni ko’rganda ularni o’zini
bo’zilmagan holda ko’ramiz. YOrug’lik to’lqinlarini
bunday tarqalishiga sabab
sho’ki, yorug’lik elektromagnit to’lqinlarning muhitga ta’siri shu muhitda boshqa
elektr va magnit maydonlarning borligidan qat’iy nazar ro’y beradi. Bundan har xil
elektromagnit to’lqinlarning elektr va magnit maydonlari bo’shlikda tarqalganda
o’zlarini kuchlanganliklarini, harakat yo’nalishini va
boshqa xarakteristikalarini
o’zgartirmaydilar degan xulosaga kelamiz. Bu xaqikatda shunday ro’y beradi. Buni
superpozitsiya prinsipi deb ataladi. Superpozitsiya prinsipi bajarilganda fazoda bir
vaqtda tarqalayotgan elektromagnit to’lqinlarning ye va N kuchlanganliklari o’zaro
algebraik ravishda qo’shiladilar, lekin ikki yorug’lik to’lqinining tebranishlarining
fazalar ayirmasi vaqt bo’yicha o’zgarmas bo’lsa, bu prinsip bajarilmaydi. Bu
to’lqinlarni kogerent to’lqinlar deyiladi. Kogerent to’lqinlar qo’shilganda fazoning bir
qismida yorug’likni kuchayishi ya’ni maksimumi, boshqa qismlarida yorug’likni
susayishi, ya’ni minimumi kuzatiladi. Bunday hodisaga yorug’lik to’lqinlarining
interferensiyasi deyiladi. YOrug’lik interferensiyasi faqat kogerent yorug’lik
to’lqinlari qo’shilganda ro’y beradi.
Kogerent to’lqinlarni kogerent manbalar sochadi.
Ammo tabiatdagi barcha
yorug’lik manbalari o’zaro kogerent bo’lmaydi. SHu sababli birinchi marta yorug’lik
interferensiyasini kuzatish uchun sun’iy usuldan foydalanganlar, ya’ni bir manbadan
chiqayotgan yorug’likni ko’zgu, linza yordamida yoki boshqa usulda ikkiga ajratib,
so’ng uchrattirganlar. Bunday usuldan Frenel, YUng, Lloyf, Bete, R. Pol kabi olimlar
foydalanganlar. Misol tariqasida YUng sxemasini ko’ramiz. T.YUng bir tirqishdan
tarqalayotgan yorug’lik yo’liga ikki tirqishli to’siq qo’ydi. Natijada to’siqdan so’ng
yorug’lik ikki mustaqil dasta sifatida tarqaladi. Bu ikki yorug’lik
bir manbadan
chiqayotgan bo’lgani uchun o’zaro kogerent bo’ladi va ekranda interferensiya
maksimumlari va minimumlari kuzatiladi. Agar ekranda uchrashayotgan ikki
kogerent yorug’lik to’lqinlarining optikaviy yo’llari farqi
juft
sonli
2
to’lqin
o’zunligiga teng bo’lsa
2
2
k
k
(2.1)
interferensiya maksimumi kuzatiladi. YOzilgan (2.1) shart interferensiya
maksimumlari sharti deyiladi. Agar ekranda uchrashayotgan ikki kogerent yorug’lik
to’lqinlarining optikaviy yo’llari farqi
toq sonli
2
to’lqin o’zunligiga teng bo’lsa
(
)
2
1
2
k
(2.2)
interferensiya minimumlari kuzatiladi. YOzilgan (2.2) ifoda interferensiya
minimumlari sharti deyiladi.
48
Interferensiya hodisasini hayotda biz uchratib turamiz. Masalan, suv yuzidagi
yupqa yog’ yoki moy qatlamlariga yorug’lik tushganda
ularning tovlanishini
ko’ramiz. Bu hodisaga optikada yupka plastinkalar rangi deb
nom berilgan. Bunday rangli tovlanishlar sovun pufaklarida juda yupqa neft
pardalarida, eski shisha yoki metallar sirtida ham kuzatiladi. Agar yupqa shaffof
plyonkani yoritsak, unda ham shunday hodisani ko’ramiz.
Buning sababi shundaki,
yorug’lik yupqa plastinkaning ikki sirtidan qaytganda yorug’lik to’lqini ikki kogerent
dastani vujudga keltiradi. Bu dastalar o’zaro uchrashib interferensiyani beradi. Bunda
hosil bo’lgan interferension manzaralar lokallangan manzaralar deyiladi. CHunki ular
faqat parda sirtiga yaqin sohada kuzatiladi. Interferensiya hodisasi aniq o’lchashlarda,
fizik tajribalarda, sanoatda, texnikada va yana juda ko’p sohalarda keng qo’llaniladi.
Interferensiya hodisasiga asoslanib ishlovchi maxsus optik asboblar - interferometrlar
yasalgan.
Dostları ilə paylaş: