Organizmda sodir bo`luvchi charchash bilan kurashish choralari:
Faol yoki passiv dam olishni o`z vaqtida belgilash. Hattoki, unchalik chu-qur va keskin bo`lmagan charchashda ham qisqa muddatli (Masalan, o`rtacha 3-5 daqiqa) dam olishni tashkil etish ijobiy natija beradi.
Har bir ish jarayonida uning qismlari o`rtasidagi oraliqni ya`ni, mik-ropauzani oshirish.
Aqliy yoki jismoniy yuklamada charchash sodir bo`lganda bajarilayotgan ishning quvvati bir butun holda pasayadi.
Ish faoliyati davomida musiqadan foydalanish.
Gimnastika bajarish. Gimnastika bajarishda tana, bo’yin, yuz, bosh qismlar- ning o’zaro uqalanishi va o’z - o’zini uqalashda teri qoplamining ta’sirlanishi markaziy asab tizimiga boradigan afferent impulslar oqimini oshiradi.
Autogen shug’ullanish ya’ni nafas gimnastikasi.
Aqliy ish qobilyatini oshirish, aqliy charchashning oldini olish va unga qarshi kurashish uchun quyidagi farmokologik preparatlar qabul qilish tavsiya etiladi:
ish qobilyatini oshiradigan preparatlar: masalan, glyukoza, vitamin S, glyutamin kislota, jenshen, sariq qand va boshqalar;
safarbar etilishini jadallashtiruvchi preparatlar: adrenalinsimonlar;
s)markaziy asab tizimining umumiy stimulyatorlari, ya’ni og’riq qoldiruvchi analitiklar: ( strixnin, sekurinin, kofein). Bu preparatlar hissiy reaksiyalarni, miya tonusini oshiradi va aqliy ish qobilyatini yaxshilaydi.
ZO’RIQIH VAQTIDA CHARCHASHNING KELIB CHIQISHI.
Sportchilarni tayyorlashning asosiy turi bo’lgan sport trenerovkasi jismoniy mashqlar bilan muntazam ravishda shug’ullanishni taqozo etadi. Bu esa organizm- ning funksional imkoniyatlari va qobiliyatini takomillashtiradi. Trenirovka organizmning yuqori ko’rsatkichlarga erishishga qaratilgan umumiy va ixtisoslash- gan murakkab qobilyatlarni namoyon etilishini ta’minlaydi. Shu bilan bir qatorda trenerovka sog’liqni saqlash jismoniy rivojlanishni yaxshilash, organizmning tash- qi muxit ta’siriga qarshilik ko’rsatish qobiliyatini oshirishga qaratilgan bo’lishi kerak. Trenerovka jarayonning to’g’ri toshkil etilishi o’zini ijobiy natijasini bera- di. Trenirovka jarayonini noto’g’ri uyushtirilishi natijasida sportchi organizm- ning toliqishi va turli o’zgarishlar, ya’ni haddan tashqari charchash, zo’riqish va o’ta zo’riqish ro’y berishi mumkin.
Bu hollar uzoq davom etadigan ish qobiliyatning pasayishi, funksional holat va salomatlikning yomonlashuvi bilan tariflanadi. Odatda charchash sportchilarda toliqish paydo bo’lishi, ish qobiliyati pasayishi, harakat koordinatsiyasi va bir necha funksional ko’rsatkichlarning o’zgarishi bilan tariflanadi. Bu normal fiziologik holat har bir trenerovka mashg’ulotlarining bajarilishi davomida sodir bo’lib, bir qadar uzoq dam olishdan keyin charchash bosiladi.
Agar yuklamadan yuklamagacha uzoq vaqt davomida organizmning char- chashi (dam olishning noto’g’ri rejimi hamda kasallik natijasida sportchi holati- ning o’zgarishi) tiklanmasa va tiklanmaslik alomatlari yig’ilaversa fiziologik char- chash o’ta charchash holatiga o’tadi.
O’ta charchash fiziologik charchashdan farq qiladi. Sportchining umumiy holati ish qobiliyatining o’zgarishi bilan birga uning organizmda qator funksional buzilishlar ro’y beradi. Sportchilar o’zini yomon xis etadi (masalan, mashg’ulot- lardan keyin haddan tashqari toliqish holati paydo bo’ladi, harakat koordinatsiyasi, bajarish texnikasining kuchi, tezligi, chidamliligi, moslashish qobiliyati pasayadi va yomonlashadi). Sportchilarda lanjlik, ruhsizlik, uyqu buzilishi, yurak qon-
tomir sistemasi o’zgarishlari (arterial qon bosimining ortishi yoki pasayishi, yurak ritmining tezlashishi yoki sekinlashishi) bilan birga sportchining sport natijalari ma’lum vaqtda o’smay qolishi ham mumkin. O’ta charchash o’z vaqtida aniqla- nib, uni bartaraf etish choralari ko’rilmasa sportchi organizmida bundan ortiq aso- ratlar bo’lishi, zo’riqish va o’ta zo’riqish holatlari rivojlanishi mumkin. Ko’pincha zo’riqish yuqori darajada chiniqqan va sport mahoratiga erishgan odamlarda kuzatiladi. Bu holat uzoq vaqt davom etadigan ish qobiliyatining pasayishi bilan ta’riflanadi
Organizm trenirovka jarayoni noto’g’ri uyushtirilishi natijasida zo’riqib qoladi, bu markaziy nerv sistemasining faoliyati natijasida kelib chiqadi. Shuning- dek, qo’zo’alish va tormozlanish jarayonlarining haddan tashqari zo’riqishi tufayli sodir bo’lishi mumkin. Zo’riqish davomida yurak faoliyati buziladi, organizmda vitaminlar (ayniqsa askarbin kislota) kamayib ketadi. O’z paytida uning oldi olinmasa o’ta zo’riqishdan o’tkir o’ta zo’riqishga o’tishiga sabab bo’ladi. O’ta zo’riqish natijasida odam o’lib qolishi ham mumkin.
Surunkali o’ta zo’riqishda esa ko’pincha yurakdagi o’zgarishlar bilan tarif- lanadi.Keyingi yillarda sportchilar orasida miokard distrofiyasining soni oshib bor- moqda. Tekshirishlardagi ma’lumotlarga ko’ra miokard distrofiyasining 1955 yil- da 0,5 foiz sportchilarda uchragan bo’lsa, hozirgi ma’lumotlarga ko’ra 10-12 foiz, yosh sportchilarda, shuningdek, suzuvchilarda 30 % gacha oshganligi ma’lum bo’ldi.
Yurak qon -tomir sistemasi kasalliklari qon aylanish etishmovchiligi (yoki yurak qon etishmovchiligi) vujudga keladi. Buning natijasida qon aylanish siste- masi organizmni etarli miqdorda qon bilan ta’minlay olmaydi qon aylanish etishmovchiligi natijasida qonning minutlik xajmi kamayib ketadi. Arterial bosim kamayib venoz bosim esa oshadi, aylanayotgan qonning miqdori oshadi va qon aylanishda uning xarakat tezligi kamayib ketadi. Natijada tomir urishi tezlashadi (taxikardiya); nafas bo’g’ilishi; bo’shliqlarda suyuqlik to’planishi va shishlar,
terini ko’karib ketishi (tsianoz), yurak maromini buzilishi, yurak soxasida og’riq paydo bo’lishi holatlari kuzatiladi .
Ikki xil (o’ng va chap qorinchali) surunkali yurak qon - tomir sistemasi yetish- movchiligi uchraydi.O’ng qorinchaning surunkali yetishmovchiligida -o’ng qorin- cha kuchsizlangan bo’lib, jigarda, oshqozon-ichak yo’lida, buyrak, oyoqlarda qon- ning to’xtab qolish holati uchraydi. Ikkinchidan esa qon to’xtab qolish holati kichik qon aylanish doirasida amalga oshadi. Darajasiga ko’ra surunkali yurak qon tomir etishmovchiligi 3 darajaga bo’linadi.
daraja latent (yashirin).Bunda qon-aylanish etishmovchiligiga faqat jismoniy og’irlik berilganda yuzaga chiqadi (nafas qisishi, tez charchash, yurak urushi).
daraja yengil og’irliklarda ham nafas qisishi va tomir urushi kuzatiladi va yaqqol vujudga keladi. Bu bosqich 2 ta davrga bo’linadi:1-davrida nafas qisishi- ning kuchayishi va qonning minutlik hajmi kamayishi, jigarda qon to’xtab qolishi, kechga borib oyoqlarni shishib ketishi kuzatiladi. II –davrida katta va kichik qon aylanish doirasida qonning to’xtab qolishi vujudga keladi.
daraja-qaytmas. Yuqorida vujudga kelgan hamma o’zgarishlar qaytmas xarakatlarga ega bo’ladi. Davolash jismoniy tarbiyasi I-II-darajali yurak etishmov- chiliklarda keng qo’llaniladi.Davolash mashqlari yordamida qon tomirlar kengaya- di va qon aylanish doiralari yaxshilanadi. Bu esa yurakda modda almashishi jara- yoni (oksidlanish-qaytarilishni) yaxshilaydi va miokard qisqarishini oshiradi. Davolash jismoniy tarbiyasini III-darajada yurak etishmovchiligida qo’llash mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: |