AQLIYVA JISMONIY MEHNATNING FIZIOLOGIK ASOSLARI. Insonning mavjudligi uning asosiy mehnat faoliyati bo`lib hisoblanadi. Shu-
ning uchun ham ergonomika sohasida inson mehnat jarayonlarni har tomonlama o`rganish uchun fiziologlar, gigienistlar va ruxshunos singari mutaxassis olimlar qator ishlar olib borayaptilar. Har qanday mehnat muayyan real muhitdan amalga oshadi. Shuning uchun ham mehnat sharoitlari haqida ko`plab ma`lumotlar olindi. Mehnat sharoitini turlicha tushunish mumkin.Biroq mehnat sharoiti deganda insonning sog`ligi va ish qobilyatiga ta`sir etuvchi barcha omillar tushiniladi. Bu omilar juda ko`p, biroq qulay bo`lishi uchun ular to`rtta asosiy guruhga bo`linadi. 1.Sanitar-gigienikomillar: mikroklimat (harorat, havoning namligi, havo oqimining harakat tezligi), ish joyining yoritilishi, shovqinning darajasi, chang zarrachalari bilan havoning ifloslanish jadalligi, kimyoviy komponentlar (turli gazlar bilan havoning zararlanishi), ul’tratovush, U.V.CH., radiatsiya manbalari va hokazolar. Mehnat gigienasi bu omillarning mehnat sharoitiga ta`sirini to`liq o`rganadi va ularning hayot ko`rsatgichlariga mos keladigan normativlarini ishlab chiqadi, shuningdek tashqi muhitning noqulay omillari bilan qarshi kurashish va
ularni oldini olishning qator choralarini ishlab chiqadi.
Ruhiy-fiziologikomillar: omillarning katta guruhini tashkil etadi va bularga mehnat va dam olish tartibining xarakteri, mehnatning og`irligi va tarang- ligi, ish jarayonida tana (poza) ning holatlari, skelet muskullariga, markaziy asab tizimiga va oliy asab faoliyatiga tushadigan yuklamaning kattaligiga, miyaga tushadigan axborot yuklamasining jadalligiga, qaror qabul qilish xarakteriga, ehti- yot darajasiga va boshqa omillar kiradi.
Ijtimoiy - iqtisodiy omillar:ishchining ommaviy himoyalanishi, uning ish haqqi, sotib olish qobilyati, dam olish uylari, bolalar bog`chasi, maktab, ta`til davri bilan ta`minlanishi va hokazolar.