Мехнат фаолиятининг физиологик асослари



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə3/13
tarix14.12.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#180504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
charchash va uning fiziologik asoslari

Ishning ob’yekti: Sog’lom insonlar va sportchi organizmida sodir bo’la- digan charchashning fiziologik mexanizmlari ishning ob’yekti sifatida belgilandi.
Tadbiq etish sohalari: Olingan nazariy bilimlarni jamiyatdagi keng xalq ommasiga shiningdek, sport fiziologgiyasiga tadbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishning tuzilishi: Bitiruv malakaviy ish; kirish, 5 reja, xulosa, adabiyotlar ro’yxati, 4 ta rasmdan va 3 ta jadvaldan iborat bo’lib, jami 62 betni o’z ichiga oladi.

Juda ko`p yuz minglab yillar davomida mehnat odam organizmi strukturasi va funksiyalarini o`zgartirdi va qayta uyushtirdi. Qo`l va nutq a`zolari yuksak darajada takomillashdi, ular bilan birga miya ham rivojlandi. Mehnat faoliyati- ning organizmga ta`sirini fiziologiyaning maxsus tarmog`i - mehnat fiziologiyasi


o`rganadi. Mehnat fiziologiyasining vazifasi mehnat faoliyati vaqtida odam orga- nizmi funksiyalarini tekshirib, odamning yuksak ish qobiliyati va sog`ligini saq- lash maqsadida organizm uchun optimal bo`lgan mehnatni uyushtirish va mehnat tartibini ilmiy asoslashdir.
Odamning jismoniy mehnat faoliyati hozirgi zamonda xilma-xil va ko`p qirralidir. Ammo u doimo organizmning harakat apparati-skelet mushaklarining ishga solinishi orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun skelet mushaklari faoliyati va uning boshqarilishini o`rganish mehnat fiziologiyasining muhim qismidir. Inson mehnati o`rgatish jarayonida shakllangan muayyan maqsadga yo`nalgan faoliyat bo`lib, katta hajmdagi informatsiya (axborot) ni qayta ishlashni talab qiladi. Mehnat fiziologiyasi mehnat gigienasi va mehnat psixologiyasi bilan chambarchas bog`liqdir.
Hozirgi zamon ishlab chiqarishi sharoitida fiziologik funksiyalar va odam faoliyatini tizimli tekshirish juda muhim bo`lib, bu ishni yaqinda paydo bo`lgan ergonomika ( yun. ergos - ish, nomos - qonun ) fani amalga oshiradi. Ergono- mikaning vazifasi mehnat qurollari, sharoiti va jarayonini optimallashtirish yo`llarini izlashdir. Shunday qilib, mehnat fiziologiyasi ergonomikaning muhim tarkibiy qismidir. Mehnatning umumiy fiziologiyasidan tashqari mehnat faoliyati- ning turli ko`rinishlarini o`rganuvchi uning maxsus bo`limlari: jismoniy mehnat fiziologiyasi, aqliy mehnat fiziologiyasi, qishloq xo`jaligi mehnat fiziologiyasi, kosmik va aviatsion fiziologiya, suv osti ishlari fiziologiyasi, qutb kengliklari va arid zonalar (cho`l)da odam fiziologiyasi v.b. mavjud. Sport fiziologiyasi ham shularga yaqin bo`lib, u yuksak ko`rsatkichlarni qo`lga kiritish maqsadida mashq qilishning optimal sharoitlari va rejimlarini aniqlaydi.
Organizmning aqliy yoki jismoniy ishga moslanishi uchun odam biror mashg’ulotni davriy ravishda bajarib turishi kerak. Mashg’ulotlar olib borish jarayoni esa charchashsiz sodir bo`lmaydi. Charchash tiklanish jarayonlarini tezlashtirib, organizmning zaxira imkoniyatlarini kuchaytiradi. Demak, charchash
himoya vazifasini bajarish bilan birga organizmning ishchi mexanizmlarini takominlashishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Inson sportning qaysi turi bilan shug’ullanmasin uni davriy ravishda davom etirib, unchalik og’ir bo`lmagan charchash elementlariga ega bo`lishi kerak. Bu holatni sportchilar va sport murabbiylari sportni tashkil etishda hisobga olishlari lozim. Chunki, charchash elementlari kuchli bo`lganda ham va juda yuzagi bo`lganda ham mashq qilish maqsadga muvofiq bo`lmaydi ya`ni, ijobiy natijaga erishilmaydi. Majburiy ravishda mashq qilish og’ir charchashga olib keladi, natijada ishtiyoq yo`qoladi va tananing funksional holatlarida bir qator salbiy o`zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Sport gimnastikasi va kuch ishlatib bajariladigan ishlarda charchash muskullar kuchsizlanishidan hosil bo`ladi. Statik ish bajarish tufayli bo`ladigan charchash shu bilan xarakterlanadiki, bu vaqtda muskullar davomli taranglashgan bo`lib, ulardan asab markazlariga to`xtovsiz holda impul’slar yuborilib turiladi. O`z navbatida asab markazlaridan shu muskullarga ham impul’slar tinmasdan ketma-ket borib turadi. Bu hol asab markazlari ish qobilyatini induksiya qonuniga ko`ra tez orada pasaytirib boradi.Bundan tashqari, statik ish tufayli muskullarning taranglanishi ularga boradigan qonni keskin kamaytiradi, natijada to`qimalarga kislorodning borishi kamayib boradi va charchash yuzaga keladi.
Shunday qilib, hosil bo`lgan charchash tufayli qisqargan qadam tezlashishi bilan kompensatsiya qilinadi, ya`ni o`rni qoplanadi natijada erishilgan tezlik saqlab qolinadi. O`rni qoplanadigan charchashning davom etishi sportchining mashq qilgan yoki qilmaganligiga bog’liq.Yaxshi mashq qilgan sportchilarda bu davr ancha davomli bo`ladi. Sportchi qanchalik ko`p mashq qilgan bo`lmasin, qanchalik yuqori mahoratli bo`lmasin, ish bajarilishining ma`lm vaqtiga borib tezlik sezilarli darajada kamayib ketadi va shu narsa kompensatsiya qilinmaydi. Bu o`rni qoplanmaydigan charchashning yuzaga kelganligini ko`rsatadi. Bunday charchash yuzaga kelganida yugrishni amalga oshiradigan qadam ham qisqaradi va
siyraklashadi. Bu xildagi charchashda markaziy asab tizimida himoya qiluvchi tormozlanish vujudga keladi va jismoniy faoliyat to`xtatiladi.




    1. Yüklə 2,91 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin