Mehnat va uni o’qitish metodikasi uquv qullanma lotincha


X.Sanaqulov, M.Haydarov “Boshlang’ich sinflarda qog’ozdan amaliy  ishlar” 1996 yil  3



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/62
tarix14.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#113396
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   62
mehnat va uni oqitish metodikasi

2. X.Sanaqulov, M.Haydarov “Boshlang’ich sinflarda qog’ozdan amaliy 
ishlar” 1996 yil 
3. R.A.Mavlonova, Goroxova, Ogluzdina O “Mehnat tahlim metodikasi” 
T., “O’qituvchi” 1986 yil 
4. 
SHumulevich 
N.M.“Qog’ozdan 
texnik 
modellar 
yasash” 
T.,“O’qituvchi” 1989 y 
5. 
Vorobg’yov 
A.SH. 
“Konstruktorlik 
va 
modellashtirish” 
T., 
“O’qituvchi”1989 yil 
6. Mavlonova.R.A. “Boshlang’ich sinf mehnat darsliklari”. T. 1996y. 
Mavzu: Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish 
metodikasi. 
Applikatsiya tasvirlash texnikasining turli formalarini qirqish va ularni fon 
tarzida qabul qilingan materiallar hisobiga mustahkamlashga asoslanuvchi 
turidir. 
Bu applikatsiyadan faqat bezash maqsadlarida ko’rgazmali qurollar, turli 
o’yinlar uchun qo’llanmalar, o’yinchoqlar, bayroqlar, suvenirlar, devoriy 
gazetalar, stendlar va hakozalarni bezashda ishlatiladi. 
Applikatsiya bilan shug’ullanish o’quvchilarni garmonik rivojlantirishda 
katta ahamiyatga ega. Applikatsiya ijodni rivojlantirishda katta yordam beradi 
tasavvurni boyitadi, kuzatuvchanlik va diqqatni faollashtiradi, irodani 
tarbiyalaydi, chamalash va rangni sezishni o’stiradi. 
Applikatsiya ishini bajarishda asosiy ehtibor uning umumiy ko’rinishiga 
qaratilishi kerak. Yaxshi o’ylangan kompozitsiya, yahni tasvirlash lozim 
bo’lgan narsalarni joylashtirish applikatsiyaning muvaffaqiyatining garovidir. 
Tasvirlash lozim bo’lgan narsalar yordamida figura va narsalarning holati 
aniqlanadi, tasvirlangan hodisalarning uyg’unligiga erishiladi. Tasvirning 
barcha detallari, hatto eng kichiklari ham qog’ozdan qirqiladi, ularni 
chizmaslik kerak. 
Tayyorlangan detallar yelimlanadigan sath, yahni fonga joylashtiriladi va 
o’ylangan tasvir hosil qilinadi, agarda bu tasvir mahqul bo’lmasa detallar 
boshqacha joylashtiriladi. Detallarni yopishtirishda joyni adashtirmaslik uchun 
ularning o’rnini qalam bilan belgilab qo’yiladi. Misol tariqasida eng oddiy 
geometrik shakl – kvadratni olib, uning almashinishini hosil qilish uchun turli 


67 
holatlarda joylashtirib ko’ramiz. Ishni boshlash uchun markazni topish, 
simmetriya o’qini o’tkazish va elementlarni shunga ko’ra joylashtirish lozim. 
Ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi. Ko’pincha ochiq tondagi 
qog’oz va fon tanlanadi. Applikatsiya mo’ljallangan tasvir va elementlar 
miqdori qog’ozni tanlashni belgilaydi. Tasvir ustida ishlanganda asosiy ehtibor 
tanlangan mavzuning mazmuniga, kerakli materiallar, ularning o’lchamlari, 
ranglarini tanlashga qaratiladi. Tasvir hajmiga ko’ra eng katta element asosiy
tematik element bo’lishi kerak. 
Namuna tariqasida 1-sinf o’quvchilari 8 – Mart uchun tabriknoma 
yasashlari mumkin. Bu ishda bolalar andoza bilan ishlaydilar, taxlash va 
simmetrik qirqishni eslaydilar, chamalash ko’nikmalarini sinaydilar va rangli 
qog’ozdan ingichka oq va sariq to’g’ri chiziqlarni qirqadilar. Quyosh uchun
kvadrat qog’ozdan doira qirqsa bo’ladi. Bolalar yasagan gullar turlicha 
bo’lishi mumkin. Novdalar ham qo’lda qirqiladi. 
Suhbatni o’qituvchi “8 Mart kuni” haqida olib boradi va bunda sovg’a 
masalasini eslatib o’tadi. Eng yaxshi sovg’a o’z qo’li bilan yasagan sovg’adir. 
Suhbatni mehribon buvijonlarimi onajaonlarimiz, opa-singillarimiz haqida 
bo’lishi mumkin. 
SHundan keyin namuna ko’rib chiqiladi, uning elementlari, ish usullari, 
kerakli materiallar aniqlanadi va ishning borishi belgilanadi. 
1. Tabriknoma uchun qog’oz tayyorlanib u ikkiga buklanadi; 
2. Ko’k rangdagi qog’ozga to’g’ri burchak chiziladi, uning o’lchami 
uzunasiga, tabriknoma ustining uzunligidan 1 sm kam, eniga esa enining 
yarimidan 2sm atrofida kattaroq; 
3. Ko’k qog’ozdan qirqilgan to’g’ri burchak taklifnomaning ustiga 
yopishtiriladi, bunda ko’k qog’oz taklifnomani bo’yashda halaqit bermasligi 
uchun bukish chizig’ining chap tomonidan ozgina joy qoldirib yopishtiriladi; 
4. Endi quyosh va uning nurlari uchun yoy qirqiladi. Buning uchun 
kvadrat shakldagi qog’ozni kerakli o’lchamda qirqiladi; 
5. Namuna asosida quyosh nuri qirqiladi; 
6. Och ko’k va jigar rang qog’ozdan ikkita shox qirqib, namunadagidek 
yopishtiriladi; 
7. Gullar qirqib yopishtiriladi. 
Ish ijodiy tarzda bo’lganligi uchun o’quvchilar gullarni shoxlarga o’zlari 
mustaqil joylashtiradilar. Barglarni o’qituvchi tarqatgan andoza bo’yicha 
qirqadilar. Tabriknomaning ichki tomoni naqsh bilan bezatilib, tabrik so’zi 
yoziladi. 
Mozaika monumental dekorativ sahnat turlaridan biridir. Turli davrlarda 
va turli mamlakatlarda mozaika qo’llaniladigan materialiga ko’ra ham, naqo’ 
va rasmlariga ko’ra ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan. O’rta Osiyo 
madrasalari, machitlar, hukmdorlarning saroylari mozaika bilan bezatilgan. 
Mozaika hozirgi kunda monumental sahnatga aylangan. Mozaika bilan 
binolarning tashqi qismlari, devorlari va halq amaliy sahnati asarlari bezatiladi. 
Mozaika ishlarida oyna,sapol plitalaridan ofdalaniladi. Loasda rangli ko’zgu 


68 
parchalaridan ajoyib mozaika asarlari yaratiladi, ular quyoshda bir-biriga 
qo’shilib va porlab, shodlik kayfiyatini yaratadi. 
Mozaika bu rasm sathida ayrim-ayrim parchalar (qog’oz, oyna, sapo, gul 
tojibarglari, tuxum po’sti va shu kabilar) qo’yib chiqishdir. 
1.Tuxum po’stidan mozaika ishlarini bajarish uchun yuvib qo’ritilgan 
tuxum po’sti mo’yqalam yordamida akvarel bo’yoqlari bilan kerakli ranglarga 
bo’yaladi. 
2. Bo’yoq qurigandan keyin tuxum po’stini tanlangan rasmga ko’ra 
mayda va yirik bo’laklarga bo’linadi.
3.Tuxum po’stidan mozaika qilishda shunday tasvirni tanlash kerakki 
ularning konturlari mumkin qadar tekis va mayda egri-bugrilari bo’lmasligi 
kerak. 
4. Kontur qora qog’oz orqali o’tkaziladi yoki shablondan aylantirib 
chiziladi. 
5. Avval rasm sathining bir qismiga yelim surtiladi. U yerga tuxum 
po’sti terib siqiladi, keyin ikkinchi qismiga ham shu tartibda davom ettiriladi.
6. Ortiqcha yelim toza latta bilan artib tozalanadi, po’st yaxshiroq 
yopishishi uchun ustidan sekin bosib qo’yiladi.
Bunday ish odatda eng oddiy konturlardan boshlanadi. Keyinroq 
konturlar ancha murakkablashadi. 
Turli meva va sabzavot, poliz ekinlarining urug’lari, danak, baliq 
tangalari, chig’anoq, mayda toshlar bilan xilma-xil mozaika ishlarini bajarish 
mumkin 
SAVOLLAR. 
1. Applikatsiya ishlarida nimalarga ehtibor berish kerak. 
2. Mozaika qanday sahnat turi. 
3. Mozaika ishlaridan nimalar yaratiladi. 
TOPSHIRIQLAR. 
1.
Applikatsiya ishlaridan namuna keltiring. 
2.
Mozayka ishlaridan namuna keltiring. 
ADABIYoTLAR. 
1.P.Magzumov. ”O’quvchilarning mehnatga tayyorgarlik bo’yicha bilim 
va ko’nikmalari sifati”.T. 1994y.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin