74
Texnik modellash mashg’ulotlarda namuna
rasm va chizmalar berilgan
o’lcham konstruktor naborining detallari yoki turli materiallarni qo’llab
og’zaki tasvirlash bo’yicha texnik o’yinchoqlar, modellar va maketlar
tayyorlash nazarda tutiladi. Bu mashg’ulotlarda o’quvchilar texnik
o’yinchoqlar va modellarni ishlatib namoyish qilishlari, ularni boshqarishlari,
shuningdek namoyish jarayonida konstruktsiyaning
detal va qismlarini
aytishlari, ularni nimaga mo’ljallanganligini bilishlari kerak. Mashg’ulotning
bu turi o’quvchilarda konstruktorli-texnik tafakkurni, mustaqil rejalashtirish va
o’ylab qo’yilgan texnik buyum(kran, avtomashina, bulg’dozer, raketa va shu
kabilarni) modelini amaliy bajara olish ko’nikmalarini o’stirishda juda muhim
o’rin tutadi.
Moddelash uchun tanlanadigan obhektlar texnikaning zamonaviy
yutuqlarini aks ettirilishi lozim. Modellash obhektlari ijtimoiy foydali
yo’nalishga ega bo’lishi, tahlim jarayonini ko’rgazmali
qurollar bilan
jihozlashga yordam berishi kerak.
O’qituvchi chizmachilikka doir ishlarni asta-sekin kiritib boradi.
Texnik modellash metall konstruktor bilan ishlash katta ahamiyatga ega.
1-sinfdagi texnik modellash bo’yicha ishni bajarish jarayonida:
1. O’quvchilar mashina, uning modeli va maketi haqida tasavvurga ega
bo’ladilar.
2. Qo’l asboblari va moslamalarning tuzilishi bilan tanishadilar. CHunki
ularning har ikkalasi bir izchilikka asos qilib olingan.
3. Qo’l asbablarini tuzilishi va nimalarga mo’ljallanganligini bilish
stanoklarni o’rganish uchun asbob bo’lib, ular bolalarning politexnik bilim
doiralarini kengaytiradi.
4. O’quvchilar avval o’qituvchi
yordamida, so’ngra mustaqil tarzda
modelni ko’ra bilishlari: ularning xususiyatlarini, ayrim qismlarini, qismlar
o’lchovining bir-biriga munosabatlarini ajrata bilashlari.
5. Modelni tayyorlash uchun qanday material zarurligi aniqlay olishlari.
6. Ish joyini jihozlashlari.
7.
Belgilash, o’lchash, ishlov berish, mantaj va pardozlash bosqichlarini
bajarishlari.
8. Modelni sozlash va boshqarishni.
9. O’zini-o’zi nazorat qilish va o’z mehnatini hisobga olishlari kerak.
Boshlang’ich sinf mehnat tahlimida texnik modellash – uchadigan,
suzadigan, yuradigan texnik o’yinchoqlarni, shunungdek chizmali namuna
asosida modellarni yasash mehnatining maxsus turi sifatida ajratilgan.
Dastlabki darslardayoq o’quvchilar
tabiiy materiallar, qog’oz va karton,
gazlama, turli materiallar bilan ishlar ekanlar, texnik elementlar bilan
tanishadilar, qism va detal, oddiy yig’ish, detallarni
biriktirishning qattiq,
suriladigan, olinadigan usullari va buyumlar haqidagi tasvvurga ega bo’ladilar.
O’quvchilar detallarni biriktirishning turli usullari shunungdek, mix bilan
tirqish qoldirib biriktirish kabilar bilan tanishadilar. Bir yoki bir nechta
detallardan tashkil topuvchi oddiy narsalar misolida bolalar pishiqlikni
oshirish, ishqalanishning zararli
tahsirini bartaraf etib, foydali tahsirdan
75
foydalanish, o’zlari ishlayotgan materiallarning tuzilishi haqida tasavvurga ega
bo’ladilar. O’quvchilarda narsalarni yasash ustida ishlash tartibini mo’ljallash,
tayyorlash, yig’ish, bezash, amalda tekshirish, nuqson va kamchiliklarni
bartaraf qilish, ish joyini to’g’ri tashkil qilish kabilar haqida tasavvuri
shakllanadi. Bularning barchasidan keyinchalik
modellar hamda texnik
o’yinchoqlarni yasashda foydalaniladi, ular bolalarning ijodiy fikrini o’stiradi,
bolalarga to’plangan mehnat tajribalarini atrofdagilarga texnika bilan
bog’lashlariga yordam beradi.
SAVOLLAR.
1.
Texnik modellash nima.
2.
Modellash ishlarining o’quvchilar tarbiyasidagi ahamiyati.
3.
Boshlang’ich sinflarda texnik modellash qanday turidan foydalaniladi.
TOPSHIRIQLAR.
1.
Texnik modellar ish bosqichida ish asboblaridan foydalanish qoidalari
haqida gapiring.
2.
Modellarni turlarini sanab bering.
ADABIYoTLAR.
1.P.Magzumov. “O’quvchilarning mehnatga tayyorgarlik bo’yicha bilim
va ko’nikmalari sifati”.T. 1994y.
Dostları ilə paylaş: