Mehnat va uni o’qitish metodikasi uquv qullanma lotincha


X.Sanaqulov, M.Haydarov “Boshlang’ich sinflarda qog’ozdan amaliy  ishlar” 1996 yil  3



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/62
tarix14.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#113396
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   62
mehnat va uni oqitish metodikasi

2. X.Sanaqulov, M.Haydarov “Boshlang’ich sinflarda qog’ozdan amaliy 
ishlar” 1996 yil 
3. R.A.Mavlonova, Goroxova, Ogluzdina O “Mehnat tahlim metodikasi” 
T., “O’qituvchi” 1986 yil 


69 
4. 
SHumulevich 
N.M. 
“Qog’ozdan 
texnik 
modellar 
yasash” 
T.,“O’qituvchi” 1989 y 
5. 
Vorobg’yov 
A.SH. 
“Konstruktorlik 
va 
modellashtirish” 
T., 
“O’qituvchi”1989 yil 
6. Mavlonova.R.A. “Boshlang’ich sinf mehnat darsliklari”. T. 1996y. 
Mavzu: Gazlama bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi. 
Tikish darslarida beriladigan politexnik bilim bolalarning bilim 
doiralarini kengaytiradi. Bolalarni tasavvurlarini insoniyat hayotida muhim 
o’rinni egallovchi hamda keng tarqalgan materiallar va ularning xususiyatlari, 
sanoatning gazlama va tolali materiallar ishlab chiqariuvchi tarmoqlari, 
materiallardan texnika va insonning madaniy hamda maishiy ehtiyojlarini 
qondiruvchi ishlab chiqarish kabilar bilan boyitadi. 
Amaliy mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilar turli asboblar hamda 
moslamalar, asosan qaychi, igna va o’lchov asboblari bilan ishlash 
malakalarini egallaydilar. Ular bu asbob va moslamalarning har xil turlari bilan 
tanishadilar. 
Gazmol bilan ishlaganda mehnat madaniyati, o’z ishini rejalashtirish 
hamda tashkil etish ko’nikmasi rivojlanadi va takomillashadi. Bolalarning 
didlari ham jiddiy o’sadi va takomillashadi. Gazmol, ip va boshqa materiallarni 
bir-biriga moslab tanlash, o’quvchilarni ranglarni birikishi, gazmol va ipning 
rangi bir-biriga muvofiq kelishiga ehtibor berishga o’rgatadi. 
O’qituvchi o’quv materiallarini darsda o’quvchilarni politexnik tahlim 
bilan qurollantirish amaliy ishlar bilan birikib ketadigan qilib qurollantiradi. U 
darsda tahlimni o’quvchilarning faolliklarini, aqliy qobiliyatlarini o’stiradigan 
metod va usullardan foydalanadi. 
1-sinf o’quvchilar qo’yidagi ko’nikma, bilim va malakalarni egallab 
olishlari kerak: 
1. Gazmol haqidagi umumiy tushunchalar bilan tanitirish. O’simlik 
(paxta, zig’ir)dan tayyorlanadigan gazmollar haqida dastlabki mahlumotlar 
beriladi. Gazmolning tuzilishi, ulardagi iplarning to’qilishi haqidagi ilk 
mahlumotlar beriladi. 
2. Gazmollar asosan nimalarga mo’ljallanganligi bilan tanishtirish: kiyim-
kechak, turmush narsalarga va shu kabilar. 
3. Ishlatilishi (tikish, yamash, to’qish iplari) va yo’g’on-ingichkaligiga 
ko’ra farqlanadigan iplar bilan tanishtirish. 
4. Tikish va to’qishda ishlatiladigan asosiy asboblar hamda moslamalar 
(nina, qaychi, angishvona, to’g’nog’ich) va ularni saqlashning asosiy qoidalari 
bilan tanishtirish. 


70 
5. Sanchiluvchan asbob va moslamalarni ishlatganda xavfsizlik texnikasi 
qoidalari bilan tanishtirish. Tikish vaqtida to’g’ri o’tirish qoidalari, gigiena 
talablari. 
6. Kerakli uzunlikdagi ipni o’lchash, uni qirqish yo’llari bilan tanishtirish 
(ularni tishlab, totib uzishga yo’l qo’ymaslik), lentani o’lchash va qirqish. 
7. Ip va tolaga ishlov berish usullaridan biri bilan tanishtirish. 
8. Yug’on ip va toladan to’qishga o’rgatish. 
9. Ninaga ip o’tkazish, tugun solish, ipni mustaxkamlashni o’rgatish. 
10. “Baxya”, “chok” (biriktiruvchi va bezovchi) tushunchalari bilan 
tushuntirish. 
11. Oddiy andazalar tayyorlash. O’qituvchi chizmasiga muvofiq to’g’ri 
burchak shaklidagi andazalar qilish. 
12. Gazlamani andazaga ko’ra chamalash. 
13. Gazlamani qaychi bilan qirqish usullarini tanishtirish. 
14. Gazlamani qalam yoki bo’r bilan belgilangan to’g’ri yoki egri chiziq 
bo’ylab qaychida qirqishni o’rgatish. 
15. Gazlamadan narsalar tikishni o’rgatish. 
16. Tugma qadash usullarini o’rgatish. 
Bu mashg’ulotda o’quvchilar natural ipak va jun tolali materiallarni, 
to’qimachilik sanoati mahsulotlari bilan tanishadilar. Namuna, rasm, chizma va 
berilgan o’lchamlar bo’yicha andaza bichish olishni va gazlamaning 
xususiyatlarini (pishqligi, egiluvchanligi, tuzilish) ni o’rganadilar. 
SAVOLLAR. 
1.
Qanday gazlama turlari mavjud. 
2.
O’quvchilar qanday malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishlari kerak. 
3.
Qanday tikish asboblarini bilasiz. 
4.
Asboblardan qanday foydalaniladi. 
TOPSHIRIQLAR. 
1.
Material turlarini sanab o’ting. 
2.
CHok turlaridan namuna keltiring. 
ADABIYoTLAR. 
1.P.Magzumov. ”O’quvchilarning mehnatga tayyorgarlik bo’yicha bilim 
va ko’nikmalari sifati”.T. 1994y.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin