QOG’OZ TURLARI Qog’oz va karton faqat poligraf sanoatidagina emasbalki,
halq xo’jaligining hamma tarmoqlarida ham keng qo’llaniladi. Hozirgi
kunda ishlab chiqarish sanoatida qog’oz va kartonning ikki
yuzga yaqin turi ishlab chiqarilmoqda.
Turli xil qog’ozlardan kitoblar, oynomalar, ro’znomalar
chiqarish uchun foydalanishini barcha o’quvchilar yaxshi biladilar.
SHuning uchun ham mehnat tahlimi darslarida o’qituvchi
o’quvchilarning diqqat ehtiborini ular foydalaniladigan
qog’ozning turmushda tez-tez uchraydigan va qo’l mehnati
darslarida ishlatiladigan turlariga jalb qilib borishlari lozim.
Bu qog’ozlarning turlari qo’ydagilardan iborat:
Ro’znoma qog’ozi -
eng
ko’p
tarqalgan
qog’oz
turlariga kiradi. Sifatiga ko’ra unchalik pishiq emas, namlikni, yelimni o’ziga
tez singdiradi.
Yozuv qog’ozi – sathi silliq, yelim sindirilgan, namlikni
kamroq singdiradi. Narsalarni ixtirolashda, muqovalashda, kartondan
yasalgan narsalarni yelimlashda juda qo’laydir.
CHizmachilik qog’ozi –
eng
pishiq
va
qalin
qog’ozdir.
Lattadan tayyorlanadi, uning oliy navi qo’lda tayyorlanadi. Undan
bayramalar uchun qiziqarli niqoblar tayyorlashda foydalaniladi.
Rasm qog’ozi – ikki xil nomerli bo’lib, tselyulozadan tayyorlanadi.
Oliy naviga 25% latta qo’shiladi. CHizmachilik chizishda
shunungdek qo’l mehnati darslarida foydalaniladi. Rangli va jiloli qog’oz –
mehnat darslarida keng qo’llaniladi. Turli xil rangdagi
muqovalash ishlarida va turli xil rangda qog’ozlar
to’plami chiqariladi.
Yelimlangan qog’oz – jilo berilgan qog’oz bo’lib, bir tomoniga
yelim surtilgan. Mehnat darslarida ishlatish uchun juda qo’lay
materialdir.