Boshqaruvqarorlarini qabul qilish Boshqarmaga oid qarorlar bu menejerning aniq boshqarish faoliyati natijasidir. Qaror qabul qilish boshqarish asosidir. Qaror ishlab chiqib qabul qilish har bir satxdagi rahbar faoliyatining ijodiy jarayonidir. Bunga quyidagilar kiradi:
- maqsadni ishlab chiqish va maqsadni qo’yish; - olingan ma’lumotlarga asosan muammolarni o’rganib chiqish; - samaradorlik me’zonini tanlash va asoslash; - muammoni yechishning har xil variantlarini mutaxassislar bilan muhokama qilish; - optimal qarorlarni tanlash va ifodalash; - qaror qabul qilish; - ijrochilar uchun qarorlarni aniqlashtirish. Menejment texnologiyasi boshkarmaga oid qarorlarni 3 bosqichdan iborat bo’lgan jarayon sifatida qaraydi: qarorni tayyorlash; qaror qabul qilish; qarorni amalga oshirish.
Menejmentning texnologiyasiga talablar. Bunga quyidagilar kiradi:
- muammolarni ifodalash; - har hil funksiyalarni bajaradigan firma boshqaruvining har hil pog’onasida bo’lgan bo’linmalardan ma’lumot keltirib turish; - qaror qabul qilishda shu boshqaruv bo’linmalarining imkoniyatlari va manfaatlarini e’tiborga olish; - juda qattiq tartib intizom bo’lishi shart. Qaror qabul qilishda quyidagi omillarni ishlatish nazarda tutiladi.
- iyerarxiya; - funksionalaro guruhlar; - formal bo’lgan qoidalar; - rejalar; - gorizontal aloqalar (bir sathdagi) Boshqaruv qarorlarining mohiyati va xususiyatlari. Boshqaruv qarorlarining turlari. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish bosqichlari. Boshqaruv qarorlariga qo‘yiladigan talablar.
Boshqaruv qarorlarini optimallashtirish usullari. Optimal boshqarish va bajarishni nazorat etishda menejerning o‘rni.
Qaror qabul qilishda axborot texnologiyalari. Qarorlar qabul qilishni asoslashda axborot texnologiyalarining ahamiyati.