Menejment usullari Boshqaruvning iqtisodiy usullari kishilarga iqtisodiy manfaatlar orqali ta’sir ko’rsatadi.
Iqtisodiy usullarning mohiyati xodimlar va ishlab chiqarish jamoasiga ular manfaati bo’lishini ta’minlovchi iqtisodiy sharoit yaratishdan iboratdir. Boshqaruv usullari tizimida iqtisodiy usullar yetakchi o’rinni egalaydi.
Iqtisodiy usullar iqtisodiy ta’sir vositalari yig’indisidan (narx, kredit, biznes-reja, foyda, soliqlar, ish haqi, iqtisodiy rag’batlantirish va hokazo), ya’ni xo’jalik faoliyatiga ta’sir etishning har bir jamoa mos xo’jalik bo’g’ini bilan uzviy aloqada amal qilishini ta’minlovchi tadbirlaridan iboratdir.
Shunday qilib, boshqaruvning iqtisodiy usullari juda keng imkoniyatlarga ega bo’lib, ular mohirona va o’z vaqtida tashkiliy-farmoyish, ijtimoiy-psixologik va huquqiy usullar bilan qo’shib olib borilgan taqdirda yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Xo’jalik tashkilotlarining ishlab chiqarishni boshqarish bo’yicha faoliyati boshqaruvning turli tashkiliy-farmoyish usullarini qo’llash bilan bog’liqdir. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi ta’sir etish tizimidan iboratdir. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari iqtisodiy usullarni to’ldirib, bozor iqtisodiyoti qonunlari. Huquqiy aktlarni hisobga olish va bajarishga asoslanadi.
Ta’sir etishning farmoyish usullari cheklovchi hujjatlarda ko’zda tutilmagan mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda kundalik jadal boshqarish maqsadida qo’llaniladi. Farmoyish ta’sirining asosiy maqsadi boshqaruv apparatining aniq harakati, boshqaruvning barcha bo’linma va xizmatlari barqaror ishlashini ta’minlab berishdan iborat. Ta’sir etishning farmoyish usullari buyruq, farmoyish, ko’rsatma va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari - bu ishlab chiqaruvchi va ayrim shaxslarga ularning ijtimoiy ehtiyojlari va psixologik xususiyatlariga ta’sir etish bilan boshqarish vositasidir. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullarini qo’llash korxonada yuz berayotgan ijtimoiy hodisalarni chuqur o’rganish xodimlar nerv tizimsi kayfiyatiga ta’sir etuvchi psixologik (ruhiy) omillarni bilishni talab etadi.
Ishlab chiqarish sharoitida sotsiologiya kishilar ijtimoiy aloqasi shakllanishining asosi bo’lgan mehnat omillarini o’rganadi, ijtimoiy tizimlar, shu jumladan, ishlab chiqarish tizimi rivojlanishi va amal qilish qonuniyatlari, kishilarning jamiyatning turli qatlamidagi xulq-atvori qonuniyatlarini tadqiq qiladi. ijtimoiy psixologiya guruh va omma psixologiyasining xususiyatlari, ularning shaxsning ongi va xulqiga ta’siri, kishilar faoliyatini rag’batlantiruvchi omillar, kayfiyat, ijtimoiy fikrni shakllantiruvchi omillarni o’rganadi. Shaxs psixologiyasi oliy nerv faoliyati turlari va inson temperamenti, xarakteri, shaxsning irodasi, qobiliyati, xissiyoti, xotirasi, anglash va xis etish qobiliyatini o’rganadi, mehnat psixologiyasi mehnat faoliyatlari, shu jumladan, rahbar va mutaxassislar (kasbiy xususiyat va qobiliyatlari, kadrlarni o’qitish usullari, ish va dam olish tartibi, kadrlarni tanlash va baholash usullari, mehnat jarayonining psixologik jihatlari) faoliyatini o’rganadi.
Menejment usullari haqida tushuncha. Menejment usullarining turlari. Boshqarishning iqtisodiy usuli-bozor iqtisodi xo‘jaligining samarali yuritish asoslari. Tashkiliy-farmoyish usuli, uning mohiyati va tavsifi. Tashkiliy-farmoyish usulining boshqaruvdagi roli. Tashkiliy-farmoyish usulining tabaqalanishi. Menejmentning ijtimoiy-ruhiy usullari, ularning turlari va mazmuni. Menejmentning axloqiy va ruhiy jihatlari.
Menejmentning huquqiy usullari. Bozor iqtisodining rivojlanishi va boshqaruv faoliyati samaradorligini oshirishda menejment kompleks usullarining ahamiyati. Zamonaviy menejmentning huquqiy usullari. Menejment faoliyatining samaradorligini oshirishda menejment usullarining ahamiyati.