matematik yoki ilmiy menejment kabilarga e’tibor qaratiladi.
Miqdorli yondoshuvdagi boshqarish jarayonida nafaqat matematik, statistika, kibernetika, muhandislik fanlari bilan birga sotsiologiya ruhshunoslik, tizimlar nazariyasi kabi fanlardan ham keng foydalaniladi.
3amonaviy menejmentning maqsadi qaror qabul qilish jarayonini elektron hisoblash texnikasi hamda eng yangi matematik usul va vositalarni qo‘llagan holda tadqiq qilishdir. Tizimli menejment qarorlarning oqilonaligini ta’minlashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi.
1.4. Menejment qonun-qoidalari , prinsiplari va tamoyillari. Qonun - bu ob’ektiv borliqda turli hodisalar kishi ongidan va ixtiyoridan tashqari va mavjud bo‘lgan zaruriy bog‘lanish, munosabat. Masalan, ijtimoiy taraqqiyot qonunlari, muvozanat qonunlari va h.k.
Qonun - bu davlat hokimiyati tomonidan qabul qilingan, hamma uchun majburiy bo‘lgan ijtimoiy huquqiy norma va munosabatlarni belgilovchi rasmiy qoida. Masalan, Konstitutsiya O‘zbekistonning asosiy qonunidir. To‘qqiz yillik majburiy ta’lim haqida qonun va h.k.
Qonun - bu bajarilishi shart, majburiy bo‘lgan norma, qoida tusiga kirgan talab, topshiriq va shu kabilar, ya’ni jamiyatda, ijtimioy gypuh va shu kabilarda qabul qilingan odat tusiga kirgan qoida, rasm, odat.
Tamoyil - mayl, moyillik, tendensiya.
“Prinsip” so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, asos, dastlabki, ya’ni xatti-harakat yoki faoliyatning asosiy qoidasi, rahbar g‘oya ma’nolarini bildiradi. Prinsiplarni menejment fanida amaliyotining poydevori deyish mumkin.
Qonun va prinsiplarda menejmentning ob’ekti va sub’ekti o‘rtasidagi ob’ektiv, myhim, takrorlanadigan, nisbiy, typg‘yn, aniq, muayyanlik va mohiyat bilan umumiy bog‘lanish va aloqadorlik o‘z ifodasini topadi. Bu umumiy bog‘lanish va aloqadorliklar ma’lum shart-sharoitlarda voqealar rivojining yo‘nalishi va xususiyatini belgilab beradi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, menejmentning qonun-qoidalari va prinsiplari faqat hamma uchun majburiy bo‘lgan norma, qoida, rasm-rusum, moyilliklar orqali ta’riflanishi va ifodalanishi mumkin (1.4.1-jadval).