Tizim - bu bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan qismlar majmui. Har bir qism yaxlit tizimning o‘zgarishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Tashkilot - bu yaxlit ochiq tizim. Uning taqdiri tashqi va ichki myhitga bog‘liq. Tashkilotni boshqarishga tizimli yondoshyvda asosan uning ichki muhitiga (iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy siyosiy), e’tibor beriladi.
2.
Vaziyatli yondoshuv
Garchi tizimli yondoshyvda tashkilot qanday qismlardan tashkil topgan degan savolga javob topa olsak-da, bu o‘rinda qismlarning qaysi biri muhim, qaysi biri ikkinchi yoki uchinchi darajali degan savol ko‘ndalang turmaydi.
YAxlitning qaysi bir qismi o‘ta muhim degan savolga vaziyatli tahlil javob beradi. Bunda tashkilotning ichki tarkibidagi o‘zgarishlar tashqi muhitning ta’siri bilan bog‘lab o‘rganiladi. Ammo turli darajadagi vaziyat turli darajadagi bilimni talab qiladi.
3.
Funksional yondoshuv
Boshqaruvga tashkiliy mexanizmlarning eng oqilona yo‘llarini ishlab chiqish imkonini beradi shu nyqtai nazardan boshqarish quyidagi vazifalarni bajaradi: