asossiz hujumning kushandasi-bu sukutdir. Shundan foydalaning.
Har bir rahbar muhokama qilinishi lozim bo’lgan yoki tasodifan yuzaga kelib qolgan muammoni eng avvalo o’zi obdon tushunib etgan yoki hech bo’lmasa o’sha muammoning echimli bo’yicha o’zining mustaqil fikriga ega bo’lish lozim. Shundagina u muammo echimi bo’yicha taklif qilingan mutaxassislar bilan tengma-teng munozara, bahs yuritaolishi mumkin.
Rahbar kengash va majlislarni olib borish madaniyatiga ham ega bo’lishi kerak. Kengash - bu jamoa fikri, aql-zakovatini muayyan masalani muhokama qilish va oqilona qaror qabul qilish maqsadida uyushtiriladigan majlisdir. Sohibqiron Amir Temur Kengash to’g’risida shunday deydi:1 “Kengash ikki turli bo’lur. Biri-til uchida aytilgani, ikkinchisi-dildan chiqqani. Til uchida aytilganini (shunchaki) eshitardim. Dildan aytilgan maslahatni esa qalbim qulog’iga qo’yardim. Va dilimga joylardim.
Agar (g’anim ustiga) lashkar tortmoqchi bo’lsam, urush-yarashdan o’rtaga so’z tashlab, amirlarim ko’ngillarining bu ikkovidan qay biriga moyilligini bilishga intilardim. Agar yarashdan so’z ochsalar, buning foydasini urush ziyoniga solishtirib ko’rardim.
Agar urushga moyil bo’lsalar, uning naf va foydasini yarash ziyoniga taqqoslab ko’rardim; qaysi biri foydaliroq bo’lsa, shuni ixtiyor qilardim”.
O’z vazifasi va olib borilish shakliga qarab kengashlar turlicha bo’ladi.