Menejment va marketing



Yüklə 170,78 Kb.
səhifə2/8
tarix20.11.2023
ölçüsü170,78 Kb.
#163792
1   2   3   4   5   6   7   8
joyla

Boshqaruv bo`g'inlari - bu bitta yoki bir-qancha vazifalarni bajaruvchi mustaqil tarkibiy unsurlardir. Tuzilma elementlari, ularning bo`linmalari va boshqaruv apparatida ishlovchilardir.
Boshqaruv bosqichlari - bu boshqarish biror darajasidagi ma`lum bo`ғinlar yiғindisidir. SHu belgisiga ko`ra boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari - ko`p bosqichli (ko`p bo`ғinli), uch, ikki bosqichli (bo`ғinli) bo`ladi. Bosqichlar va bo`ғinlar o`rtasidagi alqa vertikal va gorizontal bo`lishi mumkin. Vertikal bo`ғinlar raҳbarlarning ularga bo`ysunuvchilar o`rtasidagi munosabatlarni, gorizontal aloqalar boshqaruvning teng xuquqli bo`ғin va unsurlari o`rtasidagi munosabatlarni bildiradi. Iqtisodiyotn boshqaruv tashkilotlari yuqori, quyi, teng xuquqli tashkilotlarga bo`linadi. Yuqori tashkilotlar respublika va tarmoq boshqaruv tashkilotlariga ajratiladi. Umumdavlat boshqaruv tashkilotlari ishlab chiqarishning turli tarmoqlarini birlashtiradilar. Umumdavlat boshqaruv tashkilotlari Respublika Konstitutsiyasiga asoslangan ҳolda faoliyat yuritadi. Xalq xo`jaligini bshqarishning umumdavlat tashkilotlari qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tashkilotlariga bo`linadi. Qonun chiqaruvchi oliy tashkilot - O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidir. U xo`jalik faoliyatini tartibga soluvchi qonun, qonuniy aktlarni tasdiqlaydi. Davlat rejalari va byudjetining bajarilishi xaqida xisobotni muҳokama qilib tasdiqlaydi, iqtisodiyotni boshqarishning ijroiya tashkilotlarini shakllantiradi. Xalq xo`jaligini boshqarishning ijroiya tashkilotlariga umumiy, tarmoq va maxsus vakolatga ega tashkilotlar kiradi. Umumiy vakolatga ega ijroiya tashkilotlariga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maҳkamasi, Qoraqalpoғiston Respublikasi Vazirlar maҳkamasi va xokimiyatlar kiradi. Maxsus vakolatli tashkilotlar tarmoqlararo xususiyatga ega vazifalarni bajaradilar. Ular qatoriga Davlat qo`mitalarini kiritish mumkin. Umumdavlat boshqaruvi tashkilotlarining asosiy vazifalari: FTTning asosiy yo`nalishlarini belgilash, tabiiy muҳitni muxofaza qilish, pul va rkedit tizimiga raҳbarlik qilish, soliq va daromadlarni belgilash, xisob va statistikani tashkil e tish, narx, tariflar belgilash, xalq xo`jaligi tarmoqlariga raҳbarlik qilish kiradi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maҳkamasining doimiy ish yurituvchi tashkilotlari faoliyati tarmoqlararo ilmiy-texnikaviy ishlarga raҳbarlik qilish, fantexnika soҳasida tanlov, ko`ngilli asosda ishlarni tashkil etish kabi vazifalarni bajaradi.
Respublika tovar birjalarining asosiy vazifasi korxonalar bilan ҳamkorlikda mintaqada moddiy texnikaviy ta`minotning barqaror va samarali tizimini tashkil etish, iste`molli va ishlab chiqaruvchilar o`rtasida barqaror mintaqaviy aloqalarni o`rnatish, maҳsulot etkazib berishni nazorat qilish, korxonalarga ularni moddiy texnikaviy ta`minlashda ko`mak berishdan iboratdir. Moddiy-texnikaviy ta`minot tashkilotlari xo`jalik xisobi asosida ishlab chiqarish vositalarini sotishning ko`p tarmoqli savdoni ta`minlash va moddiy resurslardan maqbul foydalanishga raҳbarlik qiladilar. Moliya vazirligi va uning joylardagi tashkilotlari davlat va korxonalar manfaatlarini ximoya etishga asoslangan butunlay yangi moliyaviy siyosatni amalga oshiradi, xo`jalik yuritish samaradorliginiso`m bilan nazorat etishni ta`minlaydi, shirkat va individual meҳnat faoliyatini moliya -kredit vositasida tartibga solish
bo`yicha choralarni belgilaydi, aҳoli daromadlaridan soliq olish, bozor iqtisodiyotiga mos ish usullari va shakllarini joriy etadi, byudjet tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish tizimini o`zgartiradi, uni iqtisodiy meyor va normativlar asosida tashkil etadi, ish sifatini oshirishni iqtisodiy raғbatlantirish va ajratilgan mablaғlardan maqbul ravishda foydalanishni iqtisodiy raғbatlantirish usullarini keng qo`llashni ta`minlaydi.
Respublika Markaziy banki iqtisodiyotdagi barcha kredit va xisob kitob munosabatlarini tashkil etuvchi va tartibga soluvchi bosh bankdir.
Tijorat banklari tizimi faoliyati to`liq xo`jalik xisobi va o`z -o`zini moliya bilan ta`minlashi asosiga o`tkaziladi. Meҳnat va ijtimoiy masalalar bilan shuғullanuvchi davlat tashkilotlari va ularning joylardagi bo`linmalari to`li bandlikni, band bo`lmagan meҳnat resurslarini qayta tayyorlash va kasb o`rgatish, kadrlarga bo`lgan talabni qondirishni ta`minlaydilar. Respublika vazriliklari respublika xududidagi kontsernlar tarmoqlarni boshqarishni amalga oshiradilar. Tarmoqni boshqarish tizimiga yakka raҳbarlik asosida ish yurituvchi vazir boshchilik qiladi. U qo`l ostidagi vazirlik va unga qarashli korxonalar faoliyatiga shaxsan javobgardir. Har bir vazirlikda vazir tarmoqni boshqarishning muҳim masalalarini kollegial ravishda ko`rib chiqish v amalga oshirishga imkon beruvchi maslaҳat tashkilotlari tashkil etiladi. Bosh maslaҳat beruvchi tashkilot - kollegiya bo`lib, uning tarkibiga vazir o`rinbosarlari, boshqarma boshliqlari, korxonalar raҳbarlari kiradi.Xalq xo`jaligi tarmoғi tarkibida ҳam davlat, ҳam xususiy korxona, firma, aktsioner jamiyatlari faoliyat yuritadi. Korxona, firma, aktsionerlar jamiyatlari fan texnika saloҳiyatidagi samarali foydalanish, ishlab chiqarishni kooperatsiyalash va uyғunlashtirish va uyғunlashtirish asosida maҳsulot ishlab chiqarish maqsadida tashkil etiladi. Ular xo`jalik xisobi asosida sanoat, qurilish, transport, savdo va boshqa soҳalarda faoliyat yurituvchi tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Tarkibiy qism bankda aloҳida balans va xisob raqamiga ega bo`lishi va ijara pudrati bo`yicha, xususiy soҳada ish yuritishi mumkin.
Korxona, firma, aktsionerlik jamiyati tarkibiy birlikka qarashli asosiy fond va mablaғlarni biriktiradi, ichki xo`jalik munosabatlarini amalga oshir ish, tarkibiy birliklar o`rtasidagi munozaralarni ҳal etish, shuningdek, ular o`z majburiyatlari bo`yicha javobgarlik tartibini belgilaydilar. Tarkibiy birlik qonunda belgilangan xuqqulari doirasida unga biriktirilgan mulkni tasarruf etadi, firma, A.J. lari nomidan boshqa tashkilotlar biln shartnomalar tuzadilar. Korxona, firma, aktsionerlar jamiyatlari tarkibiy birlikka o`z nomidan shartnoma tuzish va bu shartnoma bo`yicha javobgar bo`lish xuquqini beradi. Korxonani boshqarish korxona to`ғrisida qonunga asosan amalga oshiriladi.Bu qonunda ko`zda tutilgan tamoyillardan biri butun jamoaning ҳamda uning tashkilotlari muҳim qarorlarni qabul qilish va uni bajarishni nazorat qilishda ishtirok etish yo`li bilan amalga oshiriladigan o`z -o`zini boshqarish tamoyilidir.

Yüklə 170,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin