Menejment va marketing



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/24
tarix19.06.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#132557
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
korxonalarda tavakkalchilikni boshqarish (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
5-rasm. Xo„jalik tavakkalchiligi 
9

Tadbirkorlik daromadini tadqiq etishdagi tavakkalchilik to„g„risida klassik 
nazariyotchilar (Senior, Mill) boshlanishda tadbirkorlik daromadi strukturasini 
foiz (kiritilgan kapitalga nisbatan xissa sifatida), tadbirkorning ish haqi, va 
nihoyat tavakkalchilik uchun to„lov (tadbirkorlik faoliyati bilan bog„liq 
tavakkalchilik imkoniyatlarini koplasi misolida) kabi bo‟laklarga ajratdilar. 
Natijada ko„pchilik xorijiy iqtisodchilar (Samyo„l Rod, Seligman, Sey, Klark va 
boshqalar) tadbirkorlik daromadini bevosita tavakkalchilik nuqtai nazaridan 
turib ya‟ni tadbirkorlik faoliyati bilan bog„liq tavakkalchilikni baholay olishda 
deb ifodalamoqda. 
Har qanday xo„jalik faoliyatida hamma vaqt xo„jalik operatsiyalarining u 
yoki bu xususiyati oqibatida pul mablag‟larini yo„qotish xavf-xatar mavjud 
bo„ladi. Ana shu xavf-xatar moliyaviy tavakkalchilikni tashkil etadi. 
Moliyaviy tavakkalchilik bu tijorat tavakkalchiligidir. Tavakkalchilik toza 
va spekulyativ bo„lishi mumkin. Toza tavakkalchilik- zarar yoki pullashgan 
natijalarga erishish imkoniyatini bildiradi. Spekulyativ tavakkalchilik-ham 
9
Мартин Г., Хетрик С. “Корпоративные репутации, брендинг и управление персоналом”. Учебник. М.:: 
«Группа ИДТ», 2013. –43-с. 
Xo‟jalik tavakkalchiligi 
Muvaqqat tavakkalchilik 
mahsulot ishlab chiqarish 
jarayonida keraksiz 
bo‟lib qolganda paydo 
bo‟ladi 
Ob'yektiv tavakkalchilik 
mazkur xududda, aniq 
bozorda ishlab 
chiqarilgan mahsulot 
sotilmay qolganida paydo 
bo‟ladi. 


27 
ijobiy, ham salbiy natijaga erishish imkoniyatini ifodalaydi. 
Moliyaviy tavakkalchilik – demak bu spekulyativ tavakkalchilikdir. 
Investor venchur moliyalashtirishni amalga oshirar ekan, u oldindan o„zi uchun 
ikki natija; foyda yoki zarar ko‟rishini bildiradi. Moliyaviy tavakkalchilikning 
xususiyati shundaki; u moliyaviy kredit va birja sohalarida o‟tkazilgan 
qandaydir operatsiyalar, qimmatli qog‟ozlar birjasidagi operatsiyalar natijasida 
ko‟rilishi mumkin bo„lgan zarar ehtimoliyatidir. 
Investor moliyaviy tavakkalchilik xatarini pasaytiruvchi aniq vositalarini 
tanlar ekan quyidagi tamoyillardan kelib chiqishi kerak: 
-o„z mablag`idan ortiq miqdordagi xatar bilan tavakkalchilik qilmaslik 
kerak. 
-tavakkalchilik xatarini oqibatini o‟ylashi kerak. 
-o„z daromad ishtiyoqida katta xatarga bormaslik kerak. 
Birinchi tamoyil amalga oshirishning mazmuni shuki, kapital kiritishdan 
oldin, investor:
-maksimal darajada ko„rishi mumkin bo„lgan zarar hajmini aniqlashi; 
-«uni kiritiladigan kapital hajmi bilan taqqoslashi»; 
-uni o„zining barcha xususiy moliyaviy resurslari bilan taqqoslanish agar 
bu kapitaldan ajralib kolsa, bankrot bo„lmasligini aniqlashi kerak. 
Kiritiladigan kapitaldan ko„riladigan zarar xajmi shu kapital hajmiga teng, 
yoki 
undan 
ortiq 
yoki kam bo„lishi mumkin. To‟g‟ridan-to‟g‟ri 
investitsiyalashda zarar hajmi qoidaga ko„ra venchur kapital hajmiga teng 
bo„ladi. 
Moliyaviy tavakkalchilikni turli vosita va usullari yordamida oldini olish 
mumkin. Unday vositaga, tavakkalchilikdan saqlanish, boshqalar zimmasiga 
o„tkazish, tavakkalchilik darajasini pasaytirish kiradi. Tavakkalchilikdan 
saqlanish- bu tavakkalchilik bilan bog„liq ishlarni qilishdan voz kechish 
demakdir. 
Lekin tavakkalchilikdan voz kechish investor uchun bo‟lgusi daromaddan 
voz kechish demakdir. Tavakkalchilikni saklab qolish- bu tavakkalchilik xatarini 


28 
investorda ya‟ni investor zimmasidan ma‟suliyatni qoldirish demakdir. Investor 
venchur moliyalashtirishni amalga oshirar ekan, u venchur molyalashtirishdan 
ko„riladigan zarar o‟rnini o„z mablag‟i hisobidan qoplanishini oldindan biladi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin