33
II BOB. “O`zqishloqxo`jalikmashlizing” ALKda tavakkalchilikni
boshqarish amaliyoti
2.1 “O`zqishloqxo`jalikmashlizing” ALKning boshqaruv strukturasi
Lizing faoliyatini qisqa muddatli rejalashtirish strategik
rejalashtirishning
bir qismidir. Qisqa muddatli rejalashtirish korxona rivojlanishini strategik
maqsadlarga muvofiqligini ta‟minlash uchun o‟tkaziladi. Rejalashtirishning
vazifalari kompaniya faoliyatini tashkil etish, resurslarni taqsimlash va baholash
natijalariga
mosligini aniqlash, rivojlanishning asosiy faktorlarini bashorat
qilish, avvalgi yillar metod va natijalari, ichki va tashqi
muhit taxlilini tashkil
etishdan iborat. Biznes reja - kompaniyani oldindan belgilab olgan strategiyasi
va taktikasi asosida moliyaviy-iqtisodiy ahvolini taxlil etish va baho berish
jarayonidir. Lizing xizmatlari bozori tarmoq
sifatida boiщa rivojlanib
borayotgan xizmat ko‟rsatuvchi tarmoqlardan bir qancha xususiyatlari bilan
ajralib turadi.
“O`zkishlokxo`jalikmashlizing” aksiyadorlik lizing kompaniyasi o`zining
rivojlanish davrida lizing xizmatlari bozorida raqobatbardoshlik va moliyaviy
ko`rsatkichlarning bir maromda o`sishini ta‟minlashda,
ishbilarmon hamkorlar
va mijozlarda iliq reputatsiyani shakllantirishda iqtisodiy va boshqaruv
potensialidan samarali foydalandi. Kompaniya boshkaruvi Aksiyadorlar
umumiy yig`ilishi, kuzatuv kengashi va ijroiya organidan iborat.
Kompaniya
yuqori boshqaruv organi Aksiyadorlar umumiy yigilishi hisoblanib, Kompaniya
faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, faoliyatning asosiy maqsadlarini belgilaydi
va rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi. Kuzatuv kengashi Aksiyadorlar
umumiy yig‟ilishi tomonidan berilgan vakolat buyicha rahbarlikni amalga
oshiradi.
Kompaniya kuzatuv kengashi tarkibi:
Kuzatuv kengashi raisi -Karimov Farxod Fatxullaevich
Kuzatuv kengashi a‟zolari:
Ergashev Abdumuxtor
Ergashevich
Miraliev Alisher Erkinovich
34
Shadmanqulov Sherzod Ablaqulovich
Sattarov Tulkin Abdixalilovich
Elmanov Xakim Sharipovich
Amanov Ilyos Sidikovich
Kompaniyaning joriy faoliyatiga kollegial ijro organi iborat Kompaniya
Boshqaruvi rahbarlik qiladi.
Kompaniya Boshqaruvi tarkibi:
Dostları ilə paylaş: