6-rasm. Moliyaviy tavakkalchilik turlari
10
.
Tavakkalchilik xatarini boshqa shaxs zimmasiga o„tkazish- bu investor
barcha xatar uchun ma‟suliyatni o„zini sug„urtalash orqali sug„urta idorasi
zimmasiga o‟tkaziladi.
Tavakkalchilik darajasini pasaytirish-yo„qotish hajmi va sodir bo„lish
ehtimoliyatini qisqartirishni bildiradi.
Limitlash – bu limitlar o„rnatish, ya‟ni savdo, kapital, xarajat summalariga
ma‟lum bir chegara qo„yishdir. Cheklashlar, limitlash- tavakkalchilikni
pasaytirishning muhim vositasi hisoblanadi.U banklar tomonidan ssudalarning
berilishida, xo„jalik subyektlari tomonidan tovarlarning (kredit kartochkalari
orqali) kreditga sotilishida, investorlar tomonidan ma‟lum bir miqdor kapitalni
aylantirishda qo„llaniladi.
Sug„urtalashning mohiyati shundaki, investor tavakkalchilik xatarini oldini
olish uchun bir qism daromadidan kechishga tayyor turadi, ya‟ni u
10
Sharifxo„jaev M., Abdullaev Yo.“Menejment”. Darslik. T.: “O„qituvchi”, 2001. – B.702.
Moliyaviy tavakkalchilik turlari
Kredit
tavakkalchiligi
Valyuta tavakkalchilik
Foiz tavakkalchiligi
Boy berilgan
moliyaviy foyda
tavakkalchiligi
29
tavakkalchilik darajasini nolga tenglashtirish uchun to„lovga tayyor bo„ladi.
Aslida, agar sug‟urta qiymati kutilayotgan zarar bilan teng bo„lsa, (ya‟ni, 200
ming so„m ko„rilishi kutilayotgan zararning sug‟urta polisi 200 ming so„m
bo„lsa), u holda investor tavakkalchilikni qabul qilmaslikka harakat qiladi.
Chunki, u aniqlangan moliyaviy yo„qotishlarning o„rnini to„ldirish uchun o„zini
sug‟urtalaydi. Moliyaviy tavakkalchilikni sug„urtalash uning darajasini
pasaytiruvchi keng tarqalgan usullardan biridir.
1.3 Korxonalarda tavakkalchilikni boshqarishning xorij tajribasi
Qarorlar loyihasini tayyorlashda chop etilgan rivojlangan mamlakatlar va
xalqaro tashkilotlar bashoratlarini o„rganish kerak. Lekin bu erda ham o„ziga
xos murakkablik mavjud. Chunki bu bashoratlarning asosiy maqsadi davlat va
tadbirkorlar uchun asosiy iqtisodiy ko„rsatgichlarni shakllantirish to„g„risida
(jamoatchilik xarajatlari, zaxiralar xolati, shaxsiy iste‟mol, eksport, import, narx,
bandlik, sanoat ishlab chiqarish, ish haki darajasi va uning dinamikasi)
ma‟lumot berishdan iboratdir.
Amerikalik ishbilarmonlarga xos bo„lgan tavakkalchilikni Amerika
iqtisodiga chapani muhojirlar olib kelganlar va singdirganlar. Ular o„troq va
ehtiyotkor yerli aholini o„z ishbilarmonlik faoliyatida tavakkalchilik ham qilib
turishga majbur etishgan.
Amerkacha ta`rifga ko„ra, tavakkalchilik- bu biron ish bilan shug„ullanish
oqibatida zarar ko„rib qolishdan qutilib qolish imkoniyati. Albatta, ba`zi
xavflarni sug„urta kompaniyalari bilan shartnoma tuzish orqali ulushini olish
mumkin. Biroq xavfning asosiy og„irligi, ya`ni:
-menejerning xatosi;
-narx o„zgarishi;
-talabning susuayishi;
-noto„g„ri tanlangan loyiha;
-ishchilarning noroziliklari va boshqalar ishbilarmonlarning yelkasiga
tushadi.
30
Ammo, umuman Amerika tajribasi ishbilarmonlik tavakkalchiliksiz
mumkin emasligidan guvohlik beradi. Kimki hech bir tavakkal qilmasa, oxir-
oqibatda xonavayron bo„ladi.
Ishbilarmon hali chiqargan mahsulotining bozori yurishishi kafolatiga ega
bo„lmasdan ular ustida tadqiqotlar olib borishga, ishlab chiqarishni kengaytirish
va yangilini ko„rishga tavakkal qilib o„n ming yoki millionlar sarflaydi. Uning
har bir harakatida omadsizlik xavfi yashiringan.
Xavflilik
omili
mablag„
va
quvvatlarni
tejashning
kuchli
rag„batlantiruvchisi hisoblanadi. U:
1.Korxona ( firma)ni loyihalar rentabelligini ming bora tahlil etishga;
2.Xarajatlar bo„yicha hisob-kitobni puxta bilishga;
3.Quvvatlarni sotib olish va kadrlarni yollashga o„ta jiddiy yondashishga
majbur etadi.
Shunday qilib, tavakalchilik har qanday ishlab chiqaruvchi yoki har qanday
bank faoliyatining vaziyatga bog„liq tomoni bo„lib, shu faoliyatning oxiri nima
bilan tugashi noaniqligini va omad yurishmasa, oqibatda zarar ko„rishi
mumkinligini aks ettiradi.
Tavakkalchilik foydadan mahrum bo„lish va boshqa sabablarga ko„ra zarar
ko„rish singari yomon oqibatlar ro„y berish ehtimoli bilan ifodalanadi. Shu
ma`noda Amrikacha talqinda tavakkalchilik bu- oqibatning yaxshi bo„lishiga
umid bog„lab, xavf ehtimolligini zimmasiga olingan holda qilinadigan harakat.
Tavakkalchilik-bu resurs yoki daromaddan to„la yohud qisman yo„qotish
xavfi. Bu noaniqlik sharoitida har qanday dovyurak menejer uchun tabiiy holat,
vaziyat. Tavakkalchilik botirning ishi.
Ertangi kun yoki kelajakda nima bo„lishini oldindan aniq bashorat qilib
bo„lmas ekan, barcha qabul qilinadigan qarorlar tavakkalchilik bilan bog„langan.
Shu sababli tavakkalchilikdan qochmaslik kerak, balki uni oldindan ko„ra bilib,
tug„ilishi mumkin bo„lgan xavf darajasini pasaytirishga harakat qilish lozim.
Amerika
tajribasiga
ko„ra
biznesning
barcha
tashabbuskorlari
tavakkalchilikka borishi zarur. Amerika tajribasiga ko„ra bashoratlarning ojiz
31
tomoni to„lov balansi va xalqaro kapital harakati sohasida namoyon bo„ladi.
Bashoratlash bilan shug‟ullanuvchi barcha tashkilotlar nuqtai nazarida aytib
o‟tilgan bu parametrlarni kelgusidagi qiymatini aniqlash - hali to‟liq ishlab
chiqilmagan (unga turistik sayohatlar, xalqaro yuk tashishlar, xizmat ko‟rsatish
pul mablag‟larini uzoq muddatli harakati kabilarda kapital harakatini jilovlab
bo„lmasligi kiradi)
Ko„p hollarda u shunchaki gumon bo„lib qoladi. Agar gap kapitalni o„zoq
muddatli harakati to„g„risida boradigan bo„lsa, bir qancha hammaga ma‟lum
bo„lgan omillar e‟tiborga olinadi, ammo ko„p hollarda bunday bashoratlar katta
invesitsiyaga asoslangan bo„ladi. Shunday qilib, ishlab chiqarish va sotish
to„g„risidagi tadkqiqotlarga oid xabarlar kabi kapital va investitsiyalar harakati
to„g„risida ma‟lumotlardagi noaniqliklar ham tavakkalchilikni bir tarkibiy qismi
hisoblanadi. Shuning uchun foydalanilayotgan xabarlardagi noaniqlikning bir
xillilik xislati juda muhimdir. Oldindan baholanuvchi ekzogen ma‟lumotlar
ichidagi eng keyin aniqlanuvchi ko„rsatkichlardan biri bu sotishdagi
ko„zlanayotgan narx darajasi hisoblanadi. Aniq belgilanuvchi narx ko„plab
omillarga bog„liq. Ulardan eng muhimlariga ishlab chiqarish xarajatlari hajmi;
mahsulot sifati, taklif o„lchami, uxshash mahsulotga almashtirish imkoniyati,
ehtiyojni to„lovga qobillik hajmi va h.z) kiradi.
Ishlab chiqarish xarajatlari hajmini asossiz baholashda, o„ziga nisbatan
raqib tashkilotlardagi ishlab chiqarish xarajatlari hajmini tahlil qilishga intilish
lozim.
Ayni paytda o„zining mahsulotini tannarxi, zarur axborot bo„lmaganida,
konkurent mahsulot tannarxini hisoblashda asos qilib olish mumkin. Bunday
kiyosiy tahlil xarajatlar strukturasini umumiy hajmni tashkil etish darajasiga
qarab, muhim bandlarga ajratib o‟rganishdan boshlanadi. Tavakkalchilikga
tayanib qabul qilingan qarorlar qabul qilinishi bir muhim obyektiv mezon ya‟ni
rahbarni qarorlar qabul qilishda qanday chegaradagi tavakkalchilikga borish
mumkin degan muhim obyektiv mezonga bog„liq bo„ladi. Oqilona
tavakkalchilikni asosiy fondlar, ishlab chiqarish hajmi, rentabellilikda
32
daromadlilik darajasi, xo„jalikning moliyaviy holati kabi parametrlar bilan
bog„liq holda ko„rib chiqish kerak. Korxonada ishlab chiqarish nomeniklaturasi
xilma-xil bo„lib, moliyaviy holati qanchalik barqaror bo„lsa, tavakkalchilik xavfi
shunchalik past bo„ladi. Demak, bu korxona qanchalik ko„p turdagi mahsulot
ishlab chiqarib, katta kapitalga ega bo„lsa u tavakkalchilikga shunchalik kam
darajada ta‟sirchan bo„ladi. Bunday xo„jalik rahbarlari, dadil holda
tavakkalchilik vaziyatlarda qaror qabul qila oladi.
Mulohazalar bo„yicha rahbarning tavakkalchilik sharoitidagi ma‟suliyati
faqat aniq qarorlar darajasi bilan tadqiq etilishi mumkin.
Rahbar qaror qabul qilish jarayonida, agar korxona ixtiyoridagi fondlar
korxonani rivojlantirish masalalari o„lchamiga mos kelsa tavakkalchilikka
borishi mumkin. Bu uchun asos bo„lib: mahsulotlarni sotish va ishlab
chiqarishni uzluksizligi, daromadli xo„jalik yuritish, iste‟molchilar va
transportchilar bilan bir maromdagi aloqalar, to„lovga qobillikning yuqori
darajasi, aniq buxgalteriya hisobi, moliyaviy tizim rivojlanishi va boshqalar
xizmat qilishi mumkin
Dostları ilə paylaş: |