Faoliyatning borishi: Bolalar stol atrofida o`tirib oladilar.
Tarbiyachi: Assalomu-alaykum, bolajonlar. Hammangizni mashg`ulotga tayyorlanib o`tirib olamiz. O`ng tamonga qaraymiz, chap tomonga qaraymiz. Hammamiz xursand bo`lib mashg`ulotni boshlaymiz. Bolajonlar bugungi mashg`ulotimizda sizlar bilan havo, suv, yer ustki transport vositalari haqida suhbatlashamiz. Hozir men sizlarga topishmoq aytaman.
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar, bolajonlar bilasizlarmi yerdagi barcha transport vositalari svetafor bilan boshqariladi. Hozir men sizlarga rasim ko`rsataman, sizlar uning nomlarini aytasizlar. (tarbiyachi poyezd, samalyot, mashina, avtobus, kema, vertalyot rasimlarini ko`rsatadi, bolalar ularning nomlarini aytib beradi). Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar, sizlar transport vositalarining nomlarini yaxshi bilar ekansizlar. Endi ularning qanday vazifa bajarishlarini qisqacha aytib o`taman. Poyezd yer ustki transporti hisoblanib, u odamlar va yuk tashish uchun mo`ljallangan bo`ladi. U maxsus temir yo`llarida harakatlanadi. Kelinglar turgan joyimizda harakatlanib poyezd harakatini o`xshatamiz. (Bolalar turishadi, turgan joyda, jo`r bo`lib poyezd ovoziga va harakatiga taqlid qilishadi). Tarbiyachi:Bolajonlar, uzog`imizni yaqin qilishda mashinalar bilan avtobus ham millionlab odamlarga xizmat ko`rsatadi. Bolajonlar, avtobusda o`zimizni qanday tutishimiz kerak?
1-bola:Avtobusda ko`p kulish, haydovchiga halaqit berish mumkun emas.
2-bola: Baland ovozda gapirmaslik yugurib yurmaslik kerak.