Методические указания по их выполнению. Учебно-методическим комплексом могут пользоваться студенты специального образования для самостоятельного выполнения межсессионных заданий по курсу «Микробиологии и вирусологии»


Mavzu: Mikroorganizmlarning morfologiyasi



Yüklə 2,55 Mb.
səhifə123/217
tarix12.10.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#154741
növüМетодические указания
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   217
portal.guldu.uz-MIKROBIOLOGIYa VA QIShLOQ XO’JALIGI BIOTEXNOLOGIYaSI

Mavzu: Mikroorganizmlarning morfologiyasi.
Reja:
1.Bakteriyalarning shakllari (mikrokokklar, tayoqchasimon, buramali).
2.Aktinomitsetlarning morfologiyasi.
3.Achitqilarning morfologiyasi
4.Zamburug’larning morfologiyasi (mog’or zamburug’lar).
5.Mikroorganizmlar hujayralarining xajmini aniqlash.


Topshiriq va mashg’ulot o’tish tartibi: Bakteriyalarning sharsimon, tayoqchasimon va buramali shakllari, aktinomitsetlar, achitqilar, mog’or zamburug’larning morfologiyasi bilan tanishish. Mikrob hujayralarining hajmini aniqlash. Sof kulturalardan va tish g’uborlaridan mikrobiologik preparatlar tayyorlash. Tayyorlangan preparatlarni mikroskop ostida ko’rish va rasmlarini chizish.
Metodik ko’rsatma:
Mikroorganizmlar shakllariga qarab bir necha guruhlarga: bakteriyalar, zamburug’lar va aktinomitsetlarga bo’linadilar.
Tabiatda mikroblar orasida bakteriyalar ko’p tarqalgan. Bakteriyalar hujayralarining tuzilishiga qarab bir necha hil shaklda bo’ladi. Bakteriyalar hujayrasining kattaligi 0,2 mikrondan 70 – 100 mikrongacha, tanasining eni esa 0,1 mikrondan 1 mikrongacha bo’ladi.
Sharsimon bakteriyalar yoki kokklar.
Mikrokokklar – (Micrococcus agilis) yakka-yakka bo’lib turadi.
Diplokokklar – (Azotobacter chroococcum) ikkitadan bo’lib turadi.
Tetrakokklar – to’rttadan bo’lib turadi.
Streptokokklar – (Streptococcus lactus) munchoqqa o’xshab tizilib turadi.
Sartsinalar – (Sarcina flava) to’p-to’p bo’lib, kub shaklida joylashgan bo’ladi.
Tayoqchasimon bakteriyalar. Bakteriyalar (Bacterium tumefaciens, Pseudomonas fluorescens, Xanthomonas malvacearum) spora hosil qilmaydigan tayoqchalar. Batsillalar (Bacillus mycoides, Bacillus mesentericus) spora hosil qiladigan tayoqchalar. Har bir batsilla hujayrasida faqat bitta spora hosil bo’ladi. Aksari batsillalar spora hosil qilish paytida shaklini o’zgartirmaydi.
Ba’zi batsillalar spora hosil qilganda tayoqcha shakli o’zgaradi, chunki tayoqchaning spora hosil bo’lgan joyi kengayadi. Agar spora tayoqchaning o’rtasida hosil bo’lsa, tayoqchaning o’rta qismi kengayib, limon yoki urchuq shakliga kiradi. Batsillalarning bunday shakli klostridiy deb ataladi. Spora tayoqchaning bir uchida hosil bo’lsa, baraban tayoqchaning shaklini oladi. Batsillalarning bunday shakli plentridiy deb ataladi.
Buramali bakteriyalar. Vibrionlar- vergulga o’xshash bir buramali tayoqchalar, spirillalar – lotincha S harfiga o’xshaydigan ikki-uch buramali tayoqchalar, spiroxetalar – spiral yoki shtoporga o’xshash serburma tayoqchalar.

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin