Metodik ko’rsatma: Nam sterilizatsiya Nam sterilizatsiya, ya’ni bug’ yordami bilan sterillash uchun Kox apparati va avtoklav ishlatiladi. Kox apparati 70-1000S da sterillaydi. Avtoklav 100-1540 haroratda bosim ostidagi bug’ bilan sterillaydi. Avtoklav qo’sh devorli qozondan iborat bo’lib, vint bilan jips yopiladigan qopqog’i, havo va bug’ chiqaradigan jo’mragi bor. Bundan tashqari, qozonga manometr o’rnatilgan, u avtoklav ichidagi bug’ bosimini ko’rsatib beradi. Avtoklavning ehtiyot klapani ham bo’ladi. Avtoklavga suv quyiladi, suvning ustida taglik turadi, bu taglikda bug’ o’tadigan teshiklar bor. Sterilizatsiya qilinadigan material o’sha taglikning ustiga joylanadi. Avtoklavda ham suv elektr yoki gaz gorelkasi bilan isitiladi.
Avtoklav qopqog’i jips yopiladi, ichidagi suv qaynaguncha isitiladi. Avtoklav ichidagi butun havoni suv bug’lari qisib chiqarguncha jo’mragi ochib qo’yiladi. Havo chiqib bo’lgandan keyin jo’mrak yopiladi, avtoklav ichida to’plangan bug’ esa bosimni oshiradi, natijada suvning qaynash temperaturasi ko’tariladi. Bosim bir atmosferaga etgach (manometrdan bilinadi), suvning qaynash harorati 1200 ga teng bo’ladi. Bosim ostida 25-30 minutgacha shu darajada tutiladi, so’ngra suvni isitish to’xtatiladi. Avtoklav manometrining ko’rsatgan bosimi bilan qozon ichidagi issiqlikning to’g’ri ekanligini nazorat qilib turish lozim.
Avtoklavda bug’ bosimi bilan sterillash tamom bo’lgandan so’ng uning qopqog’ini birdan ochish xatarlidir. Avtoklav sovub, manometr strelkasi nolga tushgach qolgan bug’ni chiqarib yuborish uchun jo’mrak ochiladi. Shundan keyingina avtoklav qopqog’i ochilib, ichidagi sterillangan material olinadi.
Pasterizatsiya. Pasterizatsiya narsalarni bir marta 70-1000 issiq haroratda 10-30 minut qizdirib olishdir. Bunda sporasiz mikroblar o’ladi, sporali mikroblar esa tirik qolaveradi. Pasterizatsiya uchun Kox apparatidan foydalaniladi.
Tindalizatsiya. Tindalizatsiya usulida narsalarni Kox apparatida va avtoklavda sterillanadi. qatorasiga uch kun, kuniga bir marta 30 minutdan Kox apparatida 70-1000 haroratda qizdirish mumkin. Birinchi marta 1000 gacha qizdirilgandan keyin o’lmay tirik qolgan sporalar keyingi 24 soat ichida unib, tayoqchalarga aylanadi, tayoqchalar esa shu davrda yana spora hosil qilib ulgurmaydi. Shuning uchun, birinchi qizdirishdan 24 soat o’tgach, ikkinchi marta 1000 gacha qizdirilsa sporalardan hosil bo’lgan tayoqchalar o’ladi. Dastlabki qizdirish bilan ikkinchi marta qizdirish orasida o’tadigan vaqt ichida qanday bo’lmasin spora tayoqchaga aylanib ulgurgan bo’lishi ehtimol deb uchinchi marta 1000 gacha qizdiriladi.
Avtoklavda 120-1300 haroratda bosim bilan 30 minut davomida sterillanadi. Bu haroratda mikroblarning hammasi ya’ni sporali va sporasiz mikroblar ham qiriladi.