Методические указания по их выполнению. Учебно-методическим комплексом могут пользоваться студенты специального образования для самостоятельного выполнения межсессионных заданий по курсу «Микробиологии и вирусологии»


reja: Tabiiy oziqa muhitlar (Go’sht, sut, kartoshka va boshqalar)



Yüklə 2,55 Mb.
səhifə128/217
tarix12.10.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#154741
növüМетодические указания
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   217
portal.guldu.uz-MIKROBIOLOGIYa VA QIShLOQ XO’JALIGI BIOTEXNOLOGIYaSI

reja:

  1. Tabiiy oziqa muhitlar (Go’sht, sut, kartoshka va boshqalar).

  2. Sun’iy oziqa muhitlar (Go’sht pepton buloni GPB, Go’sht pepton agari GPA, kartoshkali oziqa muhiti, dukkakli qaynatma, somonli qaynatma, tuproqli agar).

  3. Sintetik oziqa muhitlar (Chapeka va Omelyanskiy oziqa muhiti).

Topshiriq va mashg’ulot o’tish tartibi: Mikroorganizmlarni o’stirish uchun tayyorlanadigan oziqa muhitlarning tarkibi va tayyorlash texnologiyalari bilan tanishish (Go’sht-pepton buloni, kartoshkali oziqa va Chapeka oziqasi). 50 gramm qiyma torozida tortib 200 ml. li kolbaga solinadi va ustiga 2 barobar qilib suv solinadi va go’sht suvi tayyorlanadi. Talabalar mustaqil ravishda tayyor go’sht suvidan GPB va GPA oziqa muhit tayyorlaydilar. rN ni 7,4-7,6 ga teng qilib, oziqa muhitlarni probirka va kolbalarga solib avtoklavda 1 atm. bosimda 30 minut sterilizatsiya qiladilar. Avtoklavdan olingan probirkadagi agarlar qiyshiq qilib qo’yiladi, kolbadagilar esa Petri likobchalarga solib qotiriladi.
Metodik ko’rsatma:
Laboratoriya sharoitida mikroorganizmlarni o’stirish uchun har bir mikroorganizmning fiziologik guruhlariga ko’ra maxsus oziqa muhitlari tayyorlanadi. Shu sababli har bir mikroorganizmni ajratish va xususiyatini o’rganishda oziqani tarkibi, konsistentsiyasi, kelib chiqishi va ishlatilishi har xil bo’lgan oziqa muhitlari kerak bo’ladi. Oziqa muhitlari tabiiy yoki sun’iy bo’ladi.
Tabiiy – oziqa muhitlariga sut, tuxum, go’sht, sabzavotlar va boshqalar kiradi.
Sun’iy – oziqa muhitlari alohida retseptlar, o’simlik va hayvonlarning qaynatmalari qo’shilgan holda neorganik tuzlar, uglevodlar qo’shilib tayyorlanadi.
Sintetik – oziqa muhitlari asosan kimyoviy toza moddalarning (tuzlar, uglevod, aminokislota va vitaminlar va boshqalar) aniq nisbatlarida olingan holda tayyorlanadi.
Oziqa muhitlari konsistentsiyasiga ko’ra suyuq, yarimsuyuq va qattiq bo’ladi. Suyuq oziqa muhitlari asosan suvdan va unda suyultirilgan moddalardan iboratdir (go’sht suvi, go’sht-pepton buloni, kartoshka suvi).
qattiq oziqa muhiti suyuq oziqaga jelatin (10-15%) yoki agar-agar (1-2%) qo’shib tayyorlanadi. Yarimsuyuq oziqa muhitini tayyorlashda jelatin yoki agar-agardan kam miqdorda solinadi.
Oziqa muhitlari belgilariga qarab oddiy, maxsus, elektiv va differentsial-diagnostik shaklda tayyorlanadi.
Oddiy oziqa – ko’pgina mikroorganizmlarni o’stirish uchun ishlatiladi. Bularga dukkakli pepton buloni, go’sht-pepton buloni va go’sht pepton agari kiradi.
Maxsus oziqa – alohida guruh yoki alohida tur mikroorganizmni ajratish uchun tayyorlanadi. Masalan, Omelyanskiy oziqa muhiti anaerob mikroblar uchun, Chapeka oziqa muhiti esa zamburug’lar uchun tayyorlanadi.
Elektiv oziqa – bitta turga mansub mikrob uchun tayyorlanadi,boshqa mikroorganizmlar bunday oziqa muhitida o’smaydi yoki rivojlanishi juda sekinlashib ketadi. Bunday oziqa muhitiga S.N.Vinogradskiyning yig’ma oziqa muhiti misol bo’ladi va ko’pgina tuproq mikroorganizmlar uchundir.
Differentsial - diagnostik oziqa - mikroblarning biokimyoviy xususiyatlarini o’rganishda va ba’zi mikroblarning sof kulturasini ajratishda qo’llaniladi. Differentsial diagnostik oziqa muhiti mikroblar tomonidan ajratiladigan oqsil va uglevodlarni parchalanishini va oksidlanish, qaytarilish reaktsiyalarini yuzaga keltiruvchi fermentlarni aniqlashda qo’llaniladi.
Bunga suyuq, uglevodli Giss oziqasi va Endo, Levin indikatorli qattiq oziqa muhiti misol bo’ladi.
Hozirgi vaqtda oziqa muhitlarni tayyor retseptlar bilan fabrikalarda quruq poroshok yoki suyuq kontsentratsiya holida chiqarilmoqda.
Har bir mikroorganizmlarni o’stirish uchun tayyorlangan oziqa muhiti quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  1. Mikroblar uchun kerakli oziqa moddalar, azot, uglerod, kislorod va suv, neorganik tuzlar bo’lishi kerak.

  2. Mikroblar erigan holda oziqa moddalarni qabul qilgani uchun ular nam bo’lishi kerak.

  3. Yod mikroblardan holi qilish uchun sterillangan bo’lishi shart.

  4. Oziqa muhiti tiniq bo’lishi kerak, sababi u mikroorganizmlarni o’sishini kuzatish uchun qulaydir.

  5. Oziqa muhiti rN reaktsiyasiga to’g’ri kelishi kerak.




Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin