Tarmoqda poyezdlar harakatini faqat bir xodim - o‘zi xizmat ko‘rsatayotgan tarmoqda poyezdlar harakat jadvalining bajarilishi uchun javob beruvchi poyezd nozimi boshqarishi lozim.
Poyezd nozimining buyruqlari, mazkur tarmoqda poyezdlar harakati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xodimlar tomonidan so‘zsiz bajarilishi zarur.
Tarmoqda poyezd nozimini chetlab o‘tib poyezdlar harakat yuzasidan tezkor ko‘rsatmalar berish ta’qiqlanadi.
Har bir bekat poyezdlar harakatini boshqarish, hamda har bir poyezd faqat bir xodimning, yo‘li rivojlangan bekat - markazlashtirilgan shahobcha navbatchisini, yo‘li rivojlanmagan bekat— bekat navbatchisini, markazlashtirish nozimlik bilan jihozlangan tarmoqlarda - poyezd nozimining, poyezd - mashinistining ixtiyorida bo‘lishi lozim.
Bekatlarda mashinist markazlashtirish shahobchasi navbatchisi yoki bekat navbatchisining ko‘rsatmalariga, markazlashtirilgan nozimlik bilan jihozlangan tarmoqlarda esa - poyezd nozimining ko‘rsatmalariga bo‘ysunadi.
Markazlashtirish shahobchasi navbatchisi, bekat navbatchisi poyezdlarni o‘z vaqtida qabul qilinishi va jo‘natilishini ta’minlashi shart.
Poyezd berk svetofor oldida sababsiz to‘xtab qolgani uchun markazlashtirish shahobchasi navbatchisi javobgar bo‘ladi.
Bekat navbatchisi, hamda poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish bo‘yicha navbatchilar, yo‘lovchilarning vagonlarga chiqishi va tushishi, poyezdlar sozligi, poyezd signallarini mavjudligi va to‘g‘ri bekatlar ko‘rsatilayotganni kuzatib borishlari shart.
Harakat tarkibi bilan berk himoya yo‘llarini egallash man etiladi.
Poyezdlar tunda qoida tarzida elektro depoda va tonnel yo‘l qismi bekatlarining berk yo‘llarida turishi lozim.
Faqat metropoliten boshlig‘i belgilangan joylarda tarkiblarni tunda to‘xtash uchun bekatlar va peregonlarning asosiy yo‘llarini egallashlariga ruxsat etadi.
Bekat boshlig‘i markazlashgirish shahobchasi navbatchilari, operatorlari, bekat navbagchilari, poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish bo‘yicha navbatchilar, strelka tayanchi navbatchilarining poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish, hamda manyovrlarni amalga oshirish bilan bog‘liq amallarni bajarish borasidagi ishlarini nazorat qilishi shart.
Markazlashtirish shahobchasi navbatchisiga xona ajratilgan bo‘lishi lozim. Bu xonaga faqat markazlashtirish shahobchasi navbatchisi bilan bevosita ishlovchi shaxslar, hamda markazlashtirish shahobchasi navbatchisi ishi va boshqarish uskunalari sozligini nazorat qiluvchi xodimlar, shuningdek ro‘yxati metropoliten Boshqarmasi bilan kelishilgan boshqa xodimlar kirishiga yo‘l qo‘yiladi.