Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar


-MAVZU TURLI MUHITLARDA DIFFUZIYA HODISASI



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

8-MAVZU
TURLI MUHITLARDA DIFFUZIYA HODISASI
Oldingi mavzuda gazlar, suyuqliklar va qattiq jismlarda molekulalar 
to‘xtovsiz va tartibsiz harakatlanishini bilib oldik. Uni tasdiqlaydigan 
hodisalardan biri diffuziya (lotincha diffuziya – tarqalish, sochilish) hodi-
sasidir.
Diffuziya deb bir modda molekulalarining ikkinchi moddaga, 
ikkinchi modda molekulalarining birinchi moddaga o‘zaro o‘tishiga 
aytiladi.
Diffuziya hodisasiga misol tariqasida xonada to‘kilgan atir hidining 
tarqalishi, suyuqlikka solingan shakar yoki tuzning erishini keltirish 
mumkin.
Xonada atirning to‘kilgan vaqtini belgilab, undan bir necha metr 
masofada o‘tiraylik. Uning hidini darhol emas, balki ma’lum vaqt 
o‘tgandan so‘ng sezamiz. Nima sababdan shunday bo‘ladi? Chunki atir 
bug‘ langanda moleku lalarga ajralib, havo molekulalari orasiga kirishadi. 
Molekulaning tezligi katta bo‘lsa-da (sekundiga bir necha yuz metr), u o‘z 
yo‘lida juda ko‘p marta havo molekulalari bilan to‘qnashib, o‘z yo‘nalishini 
o‘zgartiradi.
7-rasm.
Suyuqliklarda diffuziya hodisasini kuzatish uchun quyidagi tajribani 
bajaraylik. Stakan olib, unga bir choy qoshiqda shakar solaylik. So‘ngra 
juda sekin, shakar bilan aralashib ketmaydigan holda suv quyaylik. 
Birozdan so‘ng stakan tagidagi suvning xiralashganligini ko‘ramiz. Bu 
shakar qiyomi. Stakanni chayqatib yubormasdan 
ustidan bir ho‘plam ichib ko‘ring. 15–20 minutdan 
so‘ng yana ichib ko‘ring. Suv mazasi qanday 
o‘zgargan? Endi tajribani suv va margansovka (kaliy 
permanganat) bilan o‘tkazaylik. Bunda diffuziyaning 
borishini stakandagi suv rangining pastidan boshlab 
o‘zgara boshlaganligi orqali kuzatamiz (7-rasm).
Turli muhitlarda diffuziya hodisasi



Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin