Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar


-MAVZU QATTIQ JISM, SUYUQLIK VA GAZLARNING



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

9-MAVZU
QATTIQ JISM, SUYUQLIK VA GAZLARNING 
MOLEKULAR TUZILISHI
Qish paytida hovuzlar, ko‘llar va ariqlarda suv muzlaydi. Yozda, 
aksincha, hovuzchadagi suv ancha turib qolsa, qurib qoladi. Bunda suv 
bug‘ga aylanib ketadi. Tabiatda suv uch xil holatda uchraydi. Qattiq – muz 
holatida, suyuq – suv va gazsimon – bug‘ holatida. Demak, bug‘, suv va 
muz bir xil molekula 
lardan tashkil topgan. Ular faqat molekulalarning 
o‘zaro joylashishi va harakati bilan farq qiladi. Bug‘ alohida-alohida 
molekulalardan tashkil topgan bo‘lib, to‘xtovsiz va tartibsiz harakat 
qiladi. Shu sababli suv yuzasidan ko‘tarilgan bug‘ havoga oson aralashib 
ketadi. Havo tarkibida har doim suv bug‘lari bo‘ladi. Shuningdek, havoda 
kislorod, karbonat angidrid kabi boshqa gazlar bor. Ularning molekulalari 
ham to‘xtovsiz va tartibsiz harakatda bo‘ladi. Deraza tirqishidan tushgan 
yorug‘likka yon tomondan qarasangiz havodagi juda mayda chang 
zarralarining ham to‘xtovsiz va tartibsiz harakatini kuzatish mumkin. 
Ularning bunday harakati havodagi turli gaz molekulalari bilan to‘xtovsiz 
to‘qnashib turishlari tufaylidir. Pufl anadigan yupqa sharni biroz shishirib
og‘zini mahkam bog‘laylik. Uni qo‘l bilan qissak kichrayganini ko‘ramiz. 
Demak, gazni siqish mumkin. Ikkita yupqa sharni olib, birini birorta 
naycha orqali pufl ab shishiraylik. So‘ngra sharcha og‘zini ip bilan mahkam 
bog‘lab, naychaning ikkinchi uchini boshqa pufl anmagan sharcha og‘ziga 
mahkamlaylik. So‘ngra birinchi sharcha og‘zidagi bog‘langan ipni ochib 
yuborsak, havo naycha orqali ikkinchi sharchaga o‘tib uni shishiradi (9-
rasm). Demak, gaz bir idishdan ikkinchisiga o‘z-o‘zidan o‘ta oladi. Gazni 
Qattiq jism, suyuqlik va gazlarning molekular tuzilishi


I bob. Modda tuzilishi haqida dastlabki ma’lumotlar
24
24
qaysi idishga solmaylik, o‘sha 
idish shaklini va hajmini to‘la 
egallaydi. Gazlarning mole kulalari 
orasidagi masofa moleku lalarning 
o‘lchamidan o‘rtacha o‘n marta 
katta. Bunday masofada molekulalarning o‘zaro tortishish kuchi juda 
kichik bo‘ladi.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin