Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

va tartibsiz hara 
kati fanga Broun harakati nomi bilan kirdi.
Molekulalar to‘xtovsiz va tartibsiz harakatda bo‘lar ekan, nega qattiq 
jism va suyuqlik alohida molekulalarga ajralib tarqalib ketmay di? Bunga 
sabab shuki, ular orasida o‘zaro tortishish kuchlari mavjud. Bu kuchlar 
ularni bir-biriga bog‘lab ushlab turadi. Bu kuchlarning ta’sir doirasi 
qanday? Bir cho‘pni olib sindiraylik. Endi ularni bir-biriga tekkizib 
qanchalik jipslab qo‘ymaylik cho‘p butun bo‘lib qol 
maydi. Chunki 
cho‘pning singan qismidagi molekulalarni yetarli darajada yaqinlashtirib 
bo‘lmaydi. Demak, molekulalar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchi juda yaqin 
Molekulalarning o‘zaro ta’siri va harakati. Broun harakati


I bob. Modda tuzilishi haqida dastlabki ma’lumotlar
20
20
masofada namoyon bo‘lar ekan. Bu masofa molekula o‘lchamlariga juda 
yaqin bo‘ladi. Unda nega plas tilinni, xamirni, saqichni bir-biriga tekkizsak, 
yopishib qoladi. Chunki ulardagi molekulalarni yetarli darajada yaqin 
masofagacha yaqinlash tirish mumkin. Singan oynani yoki piyolani yelim 
bilan yopishtirish ham ikki bo‘lak orasida qoladigan bo‘sh joylarni to‘ldirib 
molekular kuchlar ta’sir qiladigan holatga keltirish bilan tushun 
tiriladi. 
Metallar chetlarini elektr yoki gaz yordamida qizdirib eritil ganda bir-biriga 
payvandlanib qolishi ham molekular kuchlar tufaylidir.
Amaliy topshiriq
1. Shisha oynadan to‘rtburchak shaklida o‘nta bo‘lak qirqib oling. 
Ulardan bittasi kattaroq bo‘lsin. Ularni ho‘l latta bilan artib, ustma-
ust taxlang. Eng ustiga kattasini qo‘ying. Kattasidan ushlab ko‘taring. 
Bunda qolgani ham ko‘tariladi. Sababini tushuntiring.
2. Tarelkaga suv solib chayqab tashlang. Tarelka yuzasi ho‘l bo‘la di. 
So‘ngra bir bo‘lak sovun olib tarelkaga qattiq bosing va bir-ikki aylantirib 
oling. Sovunni ko‘tarsangiz, tarelka qo‘shilib ko‘tariladi. Sababini 
tushuntiring.
1. Nima uchun qattiq va suyuq jismlar o‘z-o‘zidan alohida molekulalarga 
ajralib ketmaydi?
2. Molekulalar orasida faqat tortishish kuchlari emas, balki itarishish kuchlari 
ham borligini qanday hodisalar ko‘rsatadi?
3. Havo molekulalari orasida o‘zaro ta'sir kuchlari bormi?


21

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin