(1 m), vaqtni o‘lchash uchun sekund (1 s) qabul qilingan.
Uzunlik namunasi platina-iridiy qotishmasi (ikkita
modda aralash
masi)dan yasalgan bo‘lib, Fransiyada
saqlanadi (2-rasm).
Kundalik turmushda uzunlik metrdan tashqari
unga karrali bo‘lgan hamda ulushlariga to‘g‘ri kelgan
birliklarda ham o‘lchanadi.
Birlikka oid qo‘shimcha
Ko‘paytiriluvchi
mikro (mk)
milli (m)
santi (s)
detsi (ds)
deka (dk)
gekto (g)
kilo (k)
mega (M)
0,000001
0,001
0,01
0,1
10
100
1000
1000000
M a s a l a n: 1 kilometr = 1000 metr.
Vaqt etaloni sifatida moddaning kichik zarrasi – atom nurlanishidagi
ma’lum davrni (yuqori sinfda keltiriladi) olishga kelishilgan. Kundalik
2-rasm.
Fizika taraqqiyoti tarixidan ma’lumotlar
11
Fizik kattaliklar va ularni o‘lchash
turmushda vaqtni ko‘rsatish uchun minut, soat, sutka, hafta, oy va yil kabi
birliklar ishlatiladi.
1 soat = 60 minut = 3600 sekund.
1 sutka = 24 soat.
1 millisekund = 0,001 sekund.
Xuddi shunday modda va jismlarning massasini o‘lchash uchun
platina va iridiy qotishmasidan maxsus namunaviy tosh (1 kilogramm)
tayyorlangan. U ham Fransiyada saqlanadi.
Tajribalar o‘tkazishda va kuzatishlar olib borishda, o‘lchash ishlarini
bajarish uchun o‘lchov asboblaridan foydalaniladi (3-rasm).
O‘lchov
tasmasi
Shtangensirkul
Tarozi
Chizg‘ich
Menzurka
Sekundomer
3-rasm.
Kirish
12
12
Chizg‘ichdagi chiziqcha va raqamlar chizg‘ich shkalasini,
qo‘shni ikkita chiziqcha oralig‘i o‘l-
chash aniqligini ko‘rsatadi.
Chizg‘ich bilan o‘lchash mumkin bo‘lgan
eng katta masofani o‘lchash chegarasi
deyiladi.
Turli mamlakatlarda uzunlikni, jism massasini va boshqa kattaliklarni
har xil birlikda o‘lchashganliklari noqulayliklar keltirib chiqargan. Shunga
ko‘ra birliklarni o‘lchash uchun 1960-yilda Xalqaro Birliklar Sistemasi
(XBS) qabul qilingan. O‘zbekistonda 1982 yildan boshlab joriy etilgan
(GOST 8.417-81) hamda doimiy ravishda o‘lchov asboblarini tekshirib
turadigan metrologik xizmat ishlab turibdi.
Siz yana qanday o‘lchov asboblarini bilasiz?
3-rasmdagi asboblarning o‘lchash aniqligi va chegarasini ayting.
|