Fizik jismlar deb, tabiatda uchraydigan barcha jismlarga aytiladi. Ma salan: quyosh, yulduzlar, sayyoralar, toshlar, idishdagi suv, xonadagi
havo va h.k.
Jismlar sistemasi deb, ayrim fi zik hodisalar xuddi bitta jismdagidek namoyon bo‘ladigan jismlar to‘plamiga aytiladi. Masalan, avtomobilning
harakati. Bunda avtomobilning barcha qismlari vaqt davomida ma’lum yo‘l
o‘tadi.
Fizik hodisalar deb, moddani tashkil etgan zarralar o‘zgarmay qolgan holda sodir bo‘ladigan hodisalarga aytiladi. Masalan, toshning
tushishi, g‘ildirakning aylanishi, suvning qaynashi va muzlashi, ko‘mir
yonganda issiqlik chiqishi, lampochkadan yorug‘lik chiqishi, radiodan ovoz
chiqishi kabi jarayonlarda uni tashkil etgan zarralarning ichki tuzilishi
o‘zgarmay qoladi.
Fizik hodisalarni bevosita kuzatish va tajribada tekshirish orqali
qonunlar yaratiladi.
Fizik qonun deb, hodisalarni xarakterlovchi kattaliklar orasidagi miqdoriy bog‘lanishdan iborat bo‘lgan ifodaga aytiladi. Kuzatish deb, sodir bo‘layotgan hodisaga ta’sir ko‘rsatmasdan, uning xususiyatini o‘rganishga aytiladi. Masalan, jismlarning Yerga
tushishini o‘rganish
da, bu hodisani ko‘p marta kuzatgandan so‘ng,
qonuniyat topiladi. Buning uchun tajribalar o‘tkaziladi. Tajribalar
o‘tkazishda kuzatishlar bilan birgalikda o‘lchash ishlari ham olib boriladi.
Masalan, suvning qaynashi o‘rganilayotganda, termometr bilan uning
temperaturasi o‘lchab boriladi.
Shunday qilib, fi zik bilimlarning manbai kuzatishlar va tajriba o‘tka- zish lardan iborat ekan.
1. 1-rasmga qarab fi zik hodisalarga doir o‘zingizning misollarin gizni keltiring. 2. Kuzatishlar bilan tajriba o‘tkazishlar orasida qanday farq bor? 3. Fizik hodisalarga misollar keltiring.