Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

Bu bobda Siz:
modda tuzilishi haqida antik 
davr olimlari va yurtdoshlarimiz 
Roziy, Beruniy va Ibn Sino 
ta’limot lari;
– molekulalarning 
tartibsiz 
harakati;
– qattiq jism, suyuqlik va 
gazlarning molekular tuzilishi;
diffuziya hodisasi bilan 
tanishasiz.
I
BOB


I bob. Modda tuzilishi haqida dastlabki ma’lumotlar
14
14
KIRISH SUHBATI
Odamlar eng qadimgi davrdan boshlab atrofi 
da mavjud bo‘lgan 
narsalar – daraxt, tosh, tuproq, suvdan va h.k. lardan foydalanganlar. Keyin-
chalik foydali qazilmalardan temir, mis, kumush, oltin kabi metallarni ajratib 
olishni o‘rganganlar. Ularni qo‘shib eritib bronza, jez kabi qotishmalarni 
hosil qila boshlaganlar. Ba’zi hollarda qilich, qalqon kabi urush qurollari 
uchun qattiq material kerak bo‘lsa, ba’zan bezak sifatida ishlatishga (toj, 
uzuk va h.k.) boshqa xossalarga ega bo‘lgan materiallar zarur bo‘lgan. Ularni 
hosil qilish uchun modda tuzilishini o‘rgana borish jarayonida tabiatda 
mavjud bo‘lgan materiallarni ko‘proq ishlata borganlar. Shu bilan birga inson 
o‘zining to‘plagan bilimlaridan foydalanib, yangi xossaga ega bo‘lgan sun’iy 
moddalarni yaratgan (plastmassalar, polimerlar va h. k.). Bunday bilim va 
tajribaga ega bo‘lish uchun insoniyatning buyuk daholari minglab yillar 
davomida zahmat chekib, ilmiy izlanishlar olib borganlar.
5-MAVZU
MODDA TUZILISHI HAQIDA DEMOKRIT, 
AR-ROZIY, BERUNIY VA IBN SINO TA’LIMOTLARI
Siz kundalik turmushda choy qaynatish uchun idishga suv solib, uni 
isita boshlasangiz, undan bug‘ chiqa boshlaganini ko‘rasiz. Birozdan so‘ng 
qaynaydi va qaramasangiz qurib qoladi. Sovuq qish kunlarida tashqarida 
qoldirilgan suv muzlab qoladi. Suv nima sababdan bug‘lanib ketdi? Suv va 
muz tuzilishida qanday farqlar bor? Shu kabi savollar insoniyatni qadimdan 
qiziqtirib kelgan. Modda tuzilishi haqidagi dastlabki tushunchalar yunon 
olimi Demokritga (miloddan avvalgi 460–370-y.) tegishli edi. Unga ko‘ra 
hamma narsalar juda mayda zarralar 
– 
«atom»lardan tashkil topgan. 
Moddaning eng kichik zarrasi 
– 
atom bo‘laklarga bo‘linmaydi deb 
qaralgan. Atom so‘zi ham yunoncha «bo‘linmas bo‘lakcha» degan ma’noni 
bildiradi. Demokritning bu haqda yozgan asari bizgacha yetib kelmagan. 
Uning fi krlari boshqalarning yozgan asarlarida keltiriladi.


15
Demokritning bu ta’limotini keyinchalik ko‘pgina olimlar rivoj-
lantirdilar. Jumladan, yurtdoshlarimiz bo‘lgan buyuk mutafakkirlardan Ar-
Roziy, Beruniy va Ibn Sinoning ijodida ham bu sohada ishlar mavjud.
Abu Bakr Ar-Roziy (865–925) jami 184 ta asar yozib qoldirgan 
bo‘lib, barcha sohalarda ijod qilgan. U yunon olimlarining atom haqidagi 
qarashlarini rivojlantirib, atom ham bo‘linishi mumkinligini aytadi. Atom 
ichida bo‘shliq va bo‘lakchalar bo‘lib, bu bo‘lakchalarning hammasi 
harakatda bo‘ladi. Bundan tashqari, bo‘lakchalar orasida o‘zaro ta’sir 
kuchlari mavjud deb hisoblaydi.
*
Ar-Roziyning nazariy qarashlari Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino 
tomonidan rivojlantirildi. Bu haqda ularning o‘zaro bir-biriga yo‘llagan 
maktublarida so‘z boradi. Beruniyning Ibn Sinoga yozgan savollaridan 
birida shunday deyilgan: – «Ba’zi faylasufl ar atom bo‘linmaydi, undan ham 
kichikroq bo‘lakchalar yo‘q deb ayta 
dilar, bu – nodonlikdir. Ikkinchilari 
esa, atom bo‘lina beradi, bo‘li nishga chegara yo‘q deb qayd qiladilar. Bu 
esa o‘taketgan nodonlikdir. Chunki atomning bo‘linishi cheksiz bo‘lsa, 
moddiyat yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Bu bo‘lishi mumkin emas, chunki 
moddiyat abadiydir. Bu masalada sening fi kring qanday?» – deb so‘raydi.
Ibn Sino o‘zining Beruniyga yo‘llagan javobida Arastu va Ar-Roziyning 
atomning bo‘linishi cheksiz davom etadi deb tushunmaslik kerakligini va 
bo‘linishning chegarasi borligini aytib o‘tadi.
Hozirgi kunda atomning murakkab tuzilganligi to‘la tasdiqlangan. 
Atom yadrodan va elektron qobiqdan iborat. Yadro ham yanada kichikroq 
bo‘lgan zarrachalar – protonlar va neytronlardan tashkil topgan. Proton 
va neytronlar ham undan kichik bo‘lgan zarrachalardan tashkil topganligi 
haqida ma’lumotlar to‘planmoqda. Bu bo‘linish chegarasi bormi yoki 
yo‘qmi degan savolga Siz aziz o‘quvchilarimizdan kelajakda javob olamiz 
degan umiddamiz.
1. Modda tuzilishi haqida Sizda qanday tasavvurlar bor?
2. Demokrit atom nazariyasining qanday kamchiliklari mavjud?
3. Ar-Roziyning boshqa yo‘nalishlarda qanday ishlar olib borganligi haqida 
kutubxonangizdagi kitoblardan o‘qib oling.
4. Sizningcha zarralar cheksiz bo‘linishi mumkinmi?

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin