Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

Yakuniy suhbat


Bu bo‘limda Siz:
– jismlarning mexanik harakati;
– tekis va notekis harakat haqida 
tushuncha;
– fi zik kattaliklar va ularni o‘l chash;
– yo‘l, vaqt, massa, zichlik kattalik lari 
va ularni amalda aniqlash;
– suyuqlik va gazlarda bosim;
– Paskal va Arximed qonunlari;
– harakatlanuvchi suyuqliklardagi 
jarayonlar;
– ish, energiya va quvvat bilan tani-
shasiz.
II
BOB


II bob. Mexanik hodisalar
30
30
KIRISH SUHBATI
Kundalik turmushda harakatlanayotgan juda ko‘p jismlar, mashina va 
mexanizmlarga duch kelamiz. Avtomobillar, ventilyatorlar, osma va qo‘l 
mexanik soatlari va h.k. Avtomobilning harakatiga nazar tashlasak, uning 
turli qismlari turlicha harakatda bo‘lishiga e’tibor beramiz. Avtomobil 
korpusi, yuki, hay dovchisi bilan oldinga yoki orqaga harakat qilsa, uning 
g‘ildiraklari, dvigatelini sovutuvchi parragi aylanma harakat qiladi. Bundan 
buyon oldinga, orqaga, yuqoriga, pastga, o‘ngga yoki chapga bo‘ladigan 
harakatlarni umumiy holda ilgarilanma harakat deymiz. Devorga osilgan 
mexanik soat mayatnigi esa takrorlanib turuvchi harakat qilganligidan, 
uning harakatini tebranma harakat deyiladi.
Shunday qilib, bizni o‘rab turgan olamdagi barcha jismlarning hara-
katini uch turga ajratish mumkin.
1. Ilgarilanma harakat.
2. Aylanma harakat.
3. Tebranma harakat.
Jismlarning hammasi ham har doim harakatda bo‘lmaydi. Masalan, 
osib qo‘yilgan yuk, imoratga qo‘yilgan ustun, kir yoyilgan arqon va h.k. 
Bir qarashda ularda hech qanday qonuniyatlar yo‘qdek ko‘rinadi. Aslida 
ular muvozanat holatda bo‘lib, ma’lum qonun va qoidalar bajariladi.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin