169
belgilash uchun tovush yutish koeffi tsienti (α) deb ataluvchi kattalik
kiritiladi. α – yutilgan tovush energiyasining tushgan tovush energiyasiga
nisbati bilan o‘lchanadi. 6-jadvalda α kattalikning turli materiallar uchun
qiymati keltirilgan (tovush chastotasi 500 Hz).
6-jadval
Material
α
G‘ishtdan qurilgan suvalmagan devor
Beton devor
Linoleum (0,5 sm qalinlikda)
Devorga qoqilgan faner
Deraza oynasi
Devorga osilgan gilam
Shishadan yasalgan paxta qatlami (9 sm)
0,03
0,02
0,03
0,06
0,03
0,21
0,51
Shovqinlarning inson salomatligiga salbiy ta’siri bo‘lganligidan, ularni
kamaytirish choralari ko‘rilmoqda. Masalan: Yevropa mam
lakatlari
shovqini ma’lum chegaradan oshadigan samolyotlarni mamlakat hududida
uchish, aeroportlariga qo‘nishni taqiqlab qo‘ydi.
Binolarni loyihalashda ham tovush tarqalishiga e’tibor beriladi. Shu
sohani o‘rganadigan fan bo‘limi
me’morchilik akustikasi deb ataladi.
Yaxshi loyihalan gan teatr zallarida, sahnada pichirlab aytilgan tovush zalning
istalgan joyida eshitiladi. Bu binoning shipiga qaralsa, uning shakli ichi
bo‘sh tuxum po‘chog‘iga o‘xshab qurilgan bo‘ladi. Shunda sahnadan chiqqan
tovush unga urilib, zalning istalgan joyiga bir xil masofani o‘tib boradi.
Bunday zallarning tomoshabin o‘tiradigan, yuradigan hamma joylariga ular
tomonidan chiqadigan shovqinlarni yutuvchi materiallar qoplanadi.
Dostları ilə paylaş: