31
11-MAVZU
JISMLARNING MEXANIK HARAKATI.
TRAYEKTORIYA
Siz fi zika darsida o‘qituvchingiz berayotgan saboqni tinglab o‘tiribsiz.
Bundan oldin uyingizdan chiqib maktabga kelgansiz. Siz o‘tirgan stol,
maktab binosi esa joyida turibdi. Derazadan qarasangiz o‘tib ketayotgan
kishilarni, avtomobillarni ko‘rasiz. Ularga qarab ayrimlarini harakatda,
ayrimlarini
harakatsiz, degan xulosa chiqarasiz. Bunday xulosani
chiqarishda biz nimalarga e’tibor berdik?
Har bir narsa yoki predmet
berilgan vaqtda ma’lum bir joyda bo‘ladi. Masalan, sinfda siz o‘tirgan parta
eshikdan 3 m uzoqlikda joylashgan. O‘qituvchi esa sizdan 2 m uzoqlikda
o‘tiribdi. O‘qituvchi o‘rnidan turib doska oldiga bordi. Endi u sizdan 2,5 m
uzoqlikda. Demak, o‘qituvchin gizning sinfda turgan o‘rni vaqt o‘tishi
bilan
o‘zgardi. Xuddi shunday mashinalarning ham sizga nisbatan o‘rni vaqt
o‘tishi bilan o‘zgarganligi tufayli ularni harakatda degan xulosaga borasiz.
Sinf devorining o‘rni esa o‘zgarmaydi. Ularning hammasining harakatini
mexanik harakat deb ataymiz.
Mexanik harakat deb, jismlarning vaqt o‘tishi bilan fazoda joy-
lashgan o‘rnining boshqa jismlarga nisbatan o‘zgarishiga aytiladi.
Bu yerda biz boshqa
jismlar deganda daraxtni, binoni, poyezd vagoni
o‘rindig‘ini va h.k.larni tushunamiz. Jismning turgan o‘rni mana shu
tanlan gan jismga nisbatan vaqt davomida qaralganligidan uni
sanoq jismi
deb ataymiz. Tanlangan sanoq jismi bir jismga nisbatan harakatsiz bo‘lsa,
boshqa jismga nisbatan harakatda bo‘lishi mumkin. Masalan, sanoq
jismi
sifatida Toshkent dan Samarqandga borayotgan poyezdni olsak, unda odam
poyezd vagoniga nisbatan harakatsiz bo‘ladi. Lekin vagonning o‘zi yerga
nisbatan harakatda. Shu sababli jismlarning harakatini o‘rganishda, albatta,
sanoq jismi tanlanishi kerak.
Dostları ilə paylaş: