II bob. Mexanik hodisalar
30
30
KIRISH SUHBATI
Kundalik turmushda harakatlanayotgan juda ko‘p jismlar, mashina va
mexanizmlarga duch kelamiz. Avtomobillar, ventilyatorlar, osma va qo‘l
mexanik soatlari va h.k. Avtomobilning harakatiga nazar tashlasak, uning
turli qismlari turlicha harakatda bo‘lishiga e’tibor beramiz. Avtomobil
korpusi, yuki, hay dovchisi bilan oldinga yoki orqaga harakat qilsa, uning
g‘ildiraklari, dvigatelini sovutuvchi parragi aylanma harakat qiladi. Bundan
buyon oldinga, orqaga, yuqoriga, pastga, o‘ngga yoki chapga bo‘ladigan
harakatlarni umumiy holda
ilgarilanma harakat deymiz. Devorga osilgan
mexanik soat mayatnigi esa takrorlanib turuvchi harakat qilganligidan,
uning harakatini
tebranma harakat deyiladi.
Shunday qilib, bizni o‘rab turgan olamdagi barcha jismlarning hara-
katini uch turga ajratish mumkin.
1. Ilgarilanma harakat.
2. Aylanma harakat.
3. Tebranma harakat.
Jismlarning hammasi ham har doim harakatda bo‘lmaydi. Masalan,
osib qo‘yilgan yuk, imoratga qo‘yilgan ustun, kir yoyilgan arqon va h.k.
Bir qarashda ularda hech qanday qonuniyatlar yo‘qdek ko‘rinadi. Aslida
ular muvozanat holatda bo‘lib, ma’lum qonun va qoidalar bajariladi.
Dostları ilə paylaş: