Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar


-MAVZU JISMLARNING BOSIB O‘TGAN YO‘LI VA UNGA



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

12-MAVZU
JISMLARNING BOSIB O‘TGAN YO‘LI VA UNGA 
KETGAN VAQT. BOSIB O‘TILGAN YO‘L (MASOFA) 
VA VAQT BIRLIKLARI
Mexanik harakatda jismning vaziyati vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishini 
bilib oldingiz. Bu o‘zgarishni xarakterlash uchun bosib o‘tilgan yo‘l va 
vaqt tushunchalari kiritiladi.
Bosib otilgan yol deb jismning harakat trayektoriyasining 
uzunligiga aytiladi.
Yo‘lni o‘lchash uchun uzunlik birligi metrdan foydalaniladi. 
Yo‘lni inglizcha space – masofa, length – uzunlik so‘zlarining bosh harfi
s yoki l harfl ari bilan belgilanadi
1
.
Jism ma’lum bir vaqt mobaynida harakatlanadi. Vaqt juda murakkab 
tushuncha bo‘lganligi uchun unga oddiy ta’rif berib bo‘lmaydi. Shunga 
ko‘ra o‘zimiz o‘rganib qolgan tushunchamiz bo‘yicha ishlatamiz.
Masalan, avtobus Guliston shahridan Toshkentga 2 soatda yetib keldi. 
Vaqtni inglizcha time so‘zining bosh harfi t bilan belgilaymiz. Demak, t = 2 
soat.
Bosib o‘tilgan yo‘l uzun yoki qisgaligiga qarab, metrdan tashqari 
qulaylik uchun km, dm, sm va mm larda ham o‘lchanadi.
Masalan, Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan o‘rtacha masofa 150 000 000 km, 
Yerdan Oygacha bo‘lgan o‘rtacha masofa 384 000 km, Yer radiusi ~ 6400 
km, Urganchdan Nukus shahrigacha yo‘l uzunligi 

170 km, maktab 
yugurish yo‘lkasining uzunligi 100 m, shilliq qurtning o‘tgan masofasi 
15 sm va h.k.
1 km = 1000 m; 1 m = 10 dm; 1 dm = 10 sm; 1 sm = 10 mm.
1
Bundan keyin fi zik kattaliklarni ularning inglizcha nomlarining bosh harfi bilan 
belgilab boramiz. 
Jismlarning bosib o‘tgan yo‘li va unga ketgan vaqt.


II bob. Mexanik hodisalar
34
34
Jismlarning harakatlanish vaqti sekundlarda o‘lchanadi. Zaruratga qarab 
vaqtni ham millisekund, minut, soat, sutka va h.k. belgilash mumkin. 
1 sutka = 24 soat; 1 soat = 60 minut; 1 min = 60 sekund.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin