Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar


-MAVZU TEKIS VA NOTEKIS HARAKAT HAQIDA TUSHUNCHA



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

13-MAVZU
TEKIS VA NOTEKIS HARAKAT HAQIDA TUSHUNCHA. 
TEZLIK VA UNING BIRLIKLARI
Qadimda ota-bobolarimiz bir mamlakatdan ikkinchisiga yoki bir 
shahardan ikkinchisiga ot yoki tuyalarda qatnaganlar. Bunda manzilga 
yetish uchun haftalab, hatto oylab yo‘l yurganlar. Hozirgi kunda esa 
dunyoning istalgan burchagiga bir kunda yetib borish mumkin.
Negaki insonni bir manzildan ikkinchi manzilga eltuvchi vositalar 
tezroq harakatlanadigan bo‘lgan. Demak, jismlar bir-biriga nisbatan 
ayrimlari tezroq, ayrimlari sekinroq harakatlanar ekan. Uni ifodalash 
uchun tezlik deb ataluvchi fi zik kattalik kiritiladi.
Tezlik deb vaqt birligi ichida bosib o‘tilgan yo‘lga aytiladi.
Tezlikning inglizcha nomi velocite ning bosh harfi υ bilan belgilanadi.
Tezlik =
Bosib o‘tilgan yo‘l
Yo‘lni o‘tish uchun ketgan vaqt

υ
 
,
υ – tezlik, s – bosib o‘tilgan yo‘l, t – yo‘lni o‘tish uchun ketgan vaqt.
Tezlikning birligi 
.
Velosipedchining tezligi 
ga teng bo‘lsin.
Tekis va notekis harakat haqida tushuncha. Tezlik va uning birliklari


II bob. Mexanik hodisalar
36
36
Bu 1 s davomida velosipedchi 10 m yo‘l bosib o‘tadi deganidir. Odatda, 
avtomobil tezligini 
larda o‘lchanadi. Avtomobil tezligi 80
bo‘lsa, 
bunday avtomobilda 1 soat mobaynida 80 km yo‘l bosib o‘tiladi.
Agar 1 km = 1000 m va 1 soat = 3600 s ekanligi hisobga olinsa:
Avtomobil tezligi 72
bo‘lsa, uni 
larda quyidagicha ifodalanadi:
Agar biror jism harakati davomida bir xil tezlik bilan harakatlansa 
yoki istalgan teng vaqtlar ichida birday masofani bosib o‘tsa, bunday 
harakatga tekis harakat deyiladi.
Bunga misol sifatida havoda tarqalayotgan tovushni, radioto‘lqinlarni 
olish mumkin. Soat strelkalari uchining tezligi ham tekis harakat qiladi. 
Avtomobillar qisqa vaqt davomida tekis harakat qilishi mumkin.
Kundalik turmushda harakatlanayotgan jismlarni kuzatsak, ular-
ning notekis harakat qilishlarini ko‘ramiz. Masalan, bekatdan chiqib 
harakatlanayotgan avtobus o‘z tezligini oshirib boradi. Bekatga yaqin-
lashayotganda esa tezligini kamaytirib to‘xtaydi.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin