II bob. Mexanik hodisalar
40
40
Narsa va predmetlarning massasini 1 kg ga
nisbatan katta va kichik birliklarda ham o‘lchash
mumkin.
1 tonna (t) =
10 sentner (s) =
1000 kg.
1 kg =
1000 gramm =
1 000 000 milligramm.
Jism massasi tarozida o‘lchanadi. Jism massasini
o‘lchash uchun uning chap pallasiga o‘lchanadigan
narsani, o‘ng pallasiga tarozi toshlari qo‘yiladi. Pallaga
toshlarni muvo zanatga
kelguncha tanlab qo‘yiladi (14-rasm).
b)
a)
14-rasm.
15-rasm.
Shundan so‘ng pallaga qo‘yilgan tosh massalari qo‘-
shilib hisoblanadi.
Shayinli tarozida tortilgan jism massasi uning
qizdirilgan
yoki sovutilganligiga, qayerda va qachon
o‘lchanganligiga bog‘liq emas.
Shu sababli tajriba
larda
va hisoblashlarda berilgan jismning massasi o‘zgarmas
(
m = const) deb qaraladi.
Ko‘pincha bozorlarda sabzavotlarni prujinali tarozida
tortib sotayotgan sotuvchilarni uchratamiz (15-rasm). Bunday tarozi ichida
prujina bo‘lib, osilgan yuk ta’sirida cho‘ziladi. Tarozining ko‘rsatishi
prujinaning
qattiq-yumshoqligiga, kunning issiq yoki sovuq bo‘lishiga,
normadan ortiq yuk osganda cho‘ zilib, avvalgi joyiga qaytib bormasdan
13-rasm.
41
qolib ketganli giga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘lchashlar, Yerning
Shimoliy qutbi yoki ekvatorga yaqin joylarda olib borilganligiga bog‘liq
bo‘lganligidan aniq bo‘l maydi. Shu sababli jism
massasini shayinli tarozida
o‘lchang!
Juda kichik zarralarni hamda ulkan jismlar (Oy, Quyosh) massalarini
bevosita o‘lchab bo‘lmaydi. Ularning massasi
bilvosita usullar bilan
hisoblab topiladi. Bu haqda yuqori sinfl arda o‘qib o‘rganasiz.
Dostları ilə paylaş: