Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

Laboratoriya ishi


II bob. Mexanik hodisalar
44
44
16-MAVZU
ZICHLIK VA UNING BIRLIKLARI. BERUNIY 
VA HOZINNING ZICHLIKNI ANIQLASH USULLARI
Menzurkaga ma’lum miqdorda iliq suv solaylik. Hajmini belgi-
lab, unga choy qoshiqda shakar solib eritaylik. Bunda suvning hajmi 
o‘zgarmaganligini ko‘ramiz. Shakar qayoqqa ketdi? Shakarni tashkil 
etgan zarralar suv zarra 
lari oralig‘iga tarqalib ketdi. Demak, moddani 
tashkil etgan zarralar bir-biridan ma’lum masofada joylashar ekan. Ayrim 
moddalarda zarralar yaqin joylashsa, ayrimlarida esa uzoqroqda bo‘ladi. 
Bundan tashqari turli moddalar zarralarining massasi turlicha bo‘ladi. 
Moddaning bu xususiyati zichlik deb ataluvchi fi zik kattalik orqali ifoda-
lanadi.
Zichlik deb, moddaning birlik hajmiga to‘g‘ri kelgan massasiga 
aytiladi.
Zichlik ρ (ro) harfi bilan belgilanadi.
Zichlik = 

,
ρ – zichlik,  – massa, V – hajm.
Zichlikning birligi 1
.
ρ
temir
= 7800
. Bu, te 
mirdan yasalgan, tomon 
lari 1 m dan bo‘lgan 
kubning massasi 7800 kg ga teng bo‘ladi deganidir. Xuddi shunday 
hajmi 1 m
3
bo‘lgan mis kubning massasi 8900 kg bo‘ladi. Zichlikni 
da ham ifodalash mum kin. Bunda 
dan 
ga quyidagicha o‘tiladi. 
. Gaz 
larning zichligi kichik
suyuqliklarda kattaroq bo‘ladi. Qattiq jismlar ning zichligi ularnikidan katta 
bo‘ladi (18-rasm).


45
Havo 
Suv 
Qo‘rg‘oshin 
Simob
m = 0,00129 g 
1 g 
11,3 g 
13,6 g
18-rasm.
19-rasm.
Demak, biror moddaning yoki jism 
ning 
zich 
ligini aniqlash uchun uning hajmi va 
massasini o‘lch 
ab topilar ekan. Har qanday 
shakldagi jismlarning massasini tarozida o‘l-
chash mumkin. Lekin hajmini har doim ham 
chizg‘ich bilan aniqlab bo‘l 
maydi. Masalan: 
uzuk, zirak. Suv da eri may digan jism larning hajmi qu yidagicha aniqla nadi 
(19 -rasm). Demak, uzuk ning hajmi 2,8 sm
3
− 2 sm
3
= 0,8 sm
3
ga teng.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin