Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar


Jismlarning harakatlanish vaqti va bosib o‘tgan yo‘llarini



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

Jismlarning harakatlanish vaqti va bosib o‘tgan yo‘llarini 
solishtirish uchun ularni bir xil o‘lchov birligiga keltirish 
zarur!
Amaliy topshiriq
Uyingizdan maktabgacha bo‘lgan masofani qadamlab o‘lchang. 
O‘lchov tasmasi yoki metr yordamida bir qadamin giz uzunligini 
o‘lchang. Bir qadam uzunligini, uydan maktab 
gacha bo‘lgan qadamlar 
soniga ko‘paytirib, masofani metr larda hisoblang.
1. Masofani mm va sm larda o‘lchash qulay bo‘lgan vaziyatlarga misollar 
keltiring.
2. Kundalik turmushda bosib o‘tilgan yo‘lni o‘lchov tasmasi yoki metrdan 
tashqari yana qanday asboblardan foydalanib o‘lchaganlarini bilasiz?
3. Bir hafta necha soat bo‘ladi?
• 
Eng kichik atom o‘lchami 0,00000001 sm.
• 
Eng kichik atom yadrosining o‘lchami 0,000000000001 sm.
• 
Yerdan eng yaqin yulduzgacha bo‘lgan masofa ≈ 10 000 000 000 000 000 
km.
• 
Quyoshdan chiqqan yorug‘lik Yerga yetib kelishi uchun ketgan vaqt
≈ 8 min.
• 
Yerning Quyosh atrofi da bir marta to‘la aylanish vaqti – 1 yil.
• 
Quyoshdan eng uzoqda bo‘lgan kichik osmon jismi – Plutonning bir 
marta aylanish vaqti – 246 yil (Yer yili hisobida).
• 
Quyosh va uning sayyoralarining yoshi ≈ 4 700 000 000 yil hisob lanadi.
• 
Xalqaro birliklar sistemasi qabul qilingunga qadar turli mamlakat-
larda har xil o‘lchov birliklari mavjud bo‘lgan. Masalan, A n g l i y a 
va A m e r i k a Q o ‘ s h m a S h t a t l a r i d a uzunlikning quyidagi 


35
birlik lari ishlatilgan: 1 duym = 2,54 sm; 1 fut = 12 duym = 30,48 sm; 
1 milya 

1609 
m; 1 dengiz milyasi 

1852 m. R o s s i y a d a: 1 ver-
shok = 4,445 sm; 1 versta = 1066,8 m; 1 arshin = 71 sm; 1 milya = 7 vers-
ta = 7467,6 m; 1 sajen = 3 arshin = 2,13 m. Mar ka ziy Osiyoda: 1 qadam ≈ 63–
71 sm; 1 qarich ≈ 19–21 sm; 1 cha qirim = 1066 m; 1 tutam ≈ 9 sm; 1 bar-
moq ≈ 2,18–2,28 sm; a) 1 farsax ≈ 1200 qadam ≈ 8500 m; b) 1 farsax 
(farsang) ≈ 9000 qa dam ≈ 6000 m.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin