Mexanik ishlov berish uchun qo'shimlarni aniqlash usullari



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə5/10
tarix22.05.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#119202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
olimjonov yaxyobek

Shunday qilib, silliqlashda dastlabki, yakunlovchi va zarur bo‘lganda, yupqa silliqlash amallari bo‘ladi. Amallar samarali bo‘lishi uchun silliqlovchi charxtoshni to‘g‘ri tanlash kerak. Uning donadorligi ishlov berilayotgan yuzaning sifatiga bo‘ladigan talablar va texnologik jarayonning samaradorligi orqali aniqlanadi. Yirik donali g‘ildirak bilan silliqlashda g‘ildirakning ish unumi yuqori, solishtirma sarfi esa kam bo‘ladi, biroq yuza sifati pastroq yuradi.

  • Shunday qilib, silliqlashda dastlabki, yakunlovchi va zarur bo‘lganda, yupqa silliqlash amallari bo‘ladi. Amallar samarali bo‘lishi uchun silliqlovchi charxtoshni to‘g‘ri tanlash kerak. Uning donadorligi ishlov berilayotgan yuzaning sifatiga bo‘ladigan talablar va texnologik jarayonning samaradorligi orqali aniqlanadi. Yirik donali g‘ildirak bilan silliqlashda g‘ildirakning ish unumi yuqori, solishtirma sarfi esa kam bo‘ladi, biroq yuza sifati pastroq yuradi.
  • Silliqlashning turli amallari uchun qo‘llanadigan g‘ildiraklarning donadorligi bo‘yicha qo‘llanish chegarasini taxminan aniqlash mumkin. Dastlabki silliqlashda donadorlik 40—80 bo‘lishi kerak, shunda yuza g‘adir-budurligi Ra=1,25÷0,63 mkm bo‘ladi. Yakunlovchi silliqlashda donadorlik 12—40 (Ra=0,63÷0,16 mkm) va yupqa silliqlashda donadorlik 6—10 (Ra=0,08 mkm) bo‘ladi. Silliqlovchi g‘ildiraklarning boshqa ko‘rsatkichlari ishlov berilayotgan zagotovkaning fizik-mexanik xususiyatlaridan kelib chiqadi.
  • An’anaviy qiruvchi donalardan yasalgan g‘ildiraklar bilan bir qatorda metalli va organikali biriktiruvchilarga olmos va elbor zarralari qo‘shib tayyorlangan g‘ildiraklar (charxtosh) ham keng qo‘llanadi. Bu g‘ildiraklarda qiruvchi donalar g‘ildirakning doirasi yuzasi bo‘ylab 1,5—2,5 mm qalinlikdagi qatlamda joylashadi. Metall biriktiruvchili g‘ildiraklarni qattiq qotishmalarga, shishaga, keramika va shu kabi boshqa materiallarga ishlov berishda, organika biriktiruvchili g‘ildiraklarni — mo‘rt va o‘ta qattiq materiallarni yupqa silliqlashda qo‘llash tavsiya etiladi.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin