Mexanik ishlov berish uchun qo'shimlarni aniqlash usullari



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə3/10
tarix22.05.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#119202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
olimjonov yaxyobek

Yupqa qirib kengaytirish deb teshiklarga ishlov berishga aytiladi. Masalan, tebranuvchi va sirpanuvchi podshipniklar teshigi, uzatmalar qutisi va orqa ko‘prikdagi teshiklar, shatun teshigi, dvigatellar va kompressorlar silindri va shu kabi teshiklar qirib kengaytiriladi.

  • Yupqa qirib kengaytirish deb teshiklarga ishlov berishga aytiladi. Masalan, tebranuvchi va sirpanuvchi podshipniklar teshigi, uzatmalar qutisi va orqa ko‘prikdagi teshiklar, shatun teshigi, dvigatellar va kompressorlar silindri va shu kabi teshiklar qirib kengaytiriladi.
  • Yupqa qirib toraytirish (îáòà÷èâàíèå) birmuncha kamroq tarqalgan; silindrsimon yuzalarga shunday ishlov beriladi. Masalan, turli o‘qlar, dvigatel porshenlari va shu kabilar.
  • Yupqa (nozik) qirish xoninglash, superfinish, polirovka kabi ishlovlardan oldin yuqori tezlikda (10—15 ming ayl/min) ishlaydigan, yuqori aniqlik va bikirlikka (shpindelning radius bo‘yicha urishi 0,005 mm dan kam) ega bo‘lgan dastgohlarda bajariladi. Nozik qirish bir yoki ko‘p shpindelli, shpindellarning joylashuvi bir, ikki va uch tomonlama stanoklarda bajariladi. Stanokning barcha aylanuvchi detallari aniq muvozanatga keltirilgan bo‘lishi kerak. Keskich gidravlik usulda surilishi, keskichlarning o‘zi qattiq qotishma, olmos, elbor va boshqa yeyilishga chidamli materiallardan tayyorlangan bo‘lishi kerak.
  • Yupqa frezalash zagotovkalarning ochiq, tekis yuzasiga ishlov berishda, ko‘ndalang yuzasi bilan qiradigan frezalar yordamida bajariladi. Freza taxminan 0,0001 qiyalik bilan o‘rnatiladiki, bundan maqsad — kesishda ishtirok etmayotgan tishlar ishlov berilgan yuzaga tegmasin. Yupqa frezalashda yuzadan 0,2—0,5 mm qalinlikdagi qatlam olib tashlanadi. Frezalash aniqligi: 1 m uzunlikda tekislik 0,02—0,04 mm oraliqda og‘adi, yuza g‘adir-budurligi Ra=2,5—0,63 mkm oraliqda bo‘ladi.

Razvyortka yordamida kengaytirish ham teshiklarga ishlov berishda qo‘llanadi. Razvyortka — tayoqsimon asbob bo‘lib, muayyan bir o‘lcham uchun bitta tayyorlanadi. Uning butun uzunasi bo‘ylab bitta, aylanasi bo‘ylab bir nechta keskich qirralar chiqarilgan bo‘lib, xomaki ishlangan teshikka bir uchi bilan kiritiladi va aylantiriladi, ayni paytda, teshik o‘qi bo‘ylab ichkariga kiritiladi. Shu zaylda teshik razvyortkaning diametri qadar kengayadi. Razvyortkalar har bir o‘lcham uchun bittadan tayyorlanganidan tashqari, nozik va dag‘al ishlov uchun mo‘ljallanganlari ham bor. Yupqa kengaytirish uchun mo‘ljallangani oddiy razvyortkalarga qaraganda yuqori darajada aniqligi va yuza g‘adirbudurligini ancha kamaytirishi bilan farq qiladi. Biroq teshikning o‘qi og‘ib ketgan bo‘lsa, razvyortka tuzatolmaydi, chunki u boshlang‘ich teshik bo‘ylab harakat qiladi va simmetrik ravishda qirib boraveradi. Yupqa razvyortkalash 5—7 kvalitet aniqlikni ta’minlaydi, yuza g‘adir-budurligi Ra=1,25—0,63 mkm bo‘ladi. Bu usul nisbatan qimmat va ishlab chiqarishda qiyinchilik tug‘diradi. Yupqa qirish uchun razvyortka tayyorlaganda diametr joizligi 5 kvalitet aniqlikdagi joizlikning 0,6 ulushi qadar qabul qilinadi. Yupqa qo‘yimni qiradigan razvyortkaning tig‘larini juda avaylash kerak, aks holda undan keyin g‘adirbudurlik oshib ketadi, aniqlik pasayadi.

  • Razvyortka yordamida kengaytirish ham teshiklarga ishlov berishda qo‘llanadi. Razvyortka — tayoqsimon asbob bo‘lib, muayyan bir o‘lcham uchun bitta tayyorlanadi. Uning butun uzunasi bo‘ylab bitta, aylanasi bo‘ylab bir nechta keskich qirralar chiqarilgan bo‘lib, xomaki ishlangan teshikka bir uchi bilan kiritiladi va aylantiriladi, ayni paytda, teshik o‘qi bo‘ylab ichkariga kiritiladi. Shu zaylda teshik razvyortkaning diametri qadar kengayadi. Razvyortkalar har bir o‘lcham uchun bittadan tayyorlanganidan tashqari, nozik va dag‘al ishlov uchun mo‘ljallanganlari ham bor. Yupqa kengaytirish uchun mo‘ljallangani oddiy razvyortkalarga qaraganda yuqori darajada aniqligi va yuza g‘adirbudurligini ancha kamaytirishi bilan farq qiladi. Biroq teshikning o‘qi og‘ib ketgan bo‘lsa, razvyortka tuzatolmaydi, chunki u boshlang‘ich teshik bo‘ylab harakat qiladi va simmetrik ravishda qirib boraveradi. Yupqa razvyortkalash 5—7 kvalitet aniqlikni ta’minlaydi, yuza g‘adir-budurligi Ra=1,25—0,63 mkm bo‘ladi. Bu usul nisbatan qimmat va ishlab chiqarishda qiyinchilik tug‘diradi. Yupqa qirish uchun razvyortka tayyorlaganda diametr joizligi 5 kvalitet aniqlikdagi joizlikning 0,6 ulushi qadar qabul qilinadi. Yupqa qo‘yimni qiradigan razvyortkaning tig‘larini juda avaylash kerak, aks holda undan keyin g‘adirbudurlik oshib ketadi, aniqlik pasayadi.
  • Dag‘al razvyortkalash teshik parmalab ochilganidan va zenkerlangandan keyin yoki dag‘al va yupqa kesib kengaytirgandan keyin bajariladi. Yupqa va dag‘al razvyortkalashni taqqoslaganda quyidagi raqamlar aniqlandi: dastlabki razvyortka lash aniqligi 8—9 kvalitet, g‘adir-budurligi Ra=2,5 mkm; toza razvyortka lash aniqligi 6—7 kvalitet, g‘adir-budurligi Ra=1,25 mkm; yupqa razvyortkalash aniqligi 5 kvalitet, g‘adir-budurligi Ra=0,63 mkm.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin