Mexanik ishlov berish uchun qo'shimlarni aniqlash usullari


Yuzaki plastik deformatsiya usuli bilan ishlov berish



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə8/10
tarix22.05.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#119202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
olimjonov yaxyobek

4. Yuzaki plastik deformatsiya usuli bilan ishlov berish

  • Bunday ishlov zagotovkadan qirindi olmay bajariladi va berilgan aniqlik bilan berilgan g‘adir-budurlikka erishishga qaratiladi. Uning asosiy va keng qo‘llanadigan usullari: kalibrlash, tekislash va yoyish (îáêàòûâàíèå è ðàñêàòûâàíèå), olmosli tek islash, markazdan qochib uruvchi asboblar yordamida parchinlab zichlash.
  • Kalibrlash bilan zagotovkaning turli shakldagi teshiklariga ishlov beriladi. Asbob sifatida kalibrlovchi moslamalar (äîðí), zo‘ldirlar ishlatiladi. Zo‘ldir press yordamida, belgilangan taranglik bilan teshikdan o‘tkaziladi. Teshik uzunligi katta bo‘lsa, sidiruvchi (ïðîòÿæíîé) stanoklar va sidiruvchi kalibrlar yordamida ishlov beriladi. Jarayonning asosiy ko‘rsatkichi — kalibrlovchi asbobn ing ishlov beriladigan teshik diametridan xiyol kattaligi natijasida yuzaga keladigan taranglikdir.
  • Kalibrlash katta yoki kichik taranglikda bajariladi. Kichik taranglikda plastik deformatsiya chuqurligi kamroq bo‘ladi, yuzaning g‘adir-budurligi kamayadi, shakl xatosi va teshik o‘lchamlarining og‘ishi 30—35 foiz pasayadi. Bunday kalibrlashni qalin devorli zagotovkalarga ishlov berishda qo‘llash maqsadga muvofiq. Devor qalinligining teshik radiusiga nisbati 0,5 dan ortiq bo‘lishi kerak. Katta taranglik bilan kalibrlanganda plastik deformatsiya mintaqasi zagotovka devorining butun qalinligi bo‘yicha tarqab ketishi mumkin.

Olmosli tekislash ishlovida olmosli asbob detal yuzasida ma’lum bosim bilan sirpanib o‘tadi, shunda mikronotekisliklar eziladi, yuzaning qandaydir qatlami zichlanadi. Bunday ishlov berilgan yuzalarning yeyilishga va toliqishga bardoshi yuqori bo‘ladi. Shuning uchun undan suyuqlik o‘tkazmaydigan zichlagichning ishqalanuvchi juftini tayyorlashda foydalaniladi, ularga an’anaviy termik ishlov berishga hojat qolmaydi.

  • Olmosli tekislash ishlovida olmosli asbob detal yuzasida ma’lum bosim bilan sirpanib o‘tadi, shunda mikronotekisliklar eziladi, yuzaning qandaydir qatlami zichlanadi. Bunday ishlov berilgan yuzalarning yeyilishga va toliqishga bardoshi yuqori bo‘ladi. Shuning uchun undan suyuqlik o‘tkazmaydigan zichlagichning ishqalanuvchi juftini tayyorlashda foydalaniladi, ularga an’anaviy termik ishlov berishga hojat qolmaydi.
  • Olmosli asbobda (5-rasm) olmos kristali
  • (4) bo‘lib, uning qirrasi 0,6—4,0 mm oraliq5- r a s m. Olmos bilan silliqlash dagi radius bilan silliqlangan; maxsus tutqich uchun tutqich. (1) bilan qotirilgan. Tutqichda prujinali quril-
  • ma (2) bor, u olmosni detal yuzasiga bosib turadi. Tekislash jarayonida olmosli asbobdagi og‘ishlar indikator (3) da ko‘rinib turadi. Olmosli tekislash ishlov aniqligiga sust ta’sir etadi, yuza g‘adir-budurligini 2—3 klass pasaytirib Ra ning qiymatini 0,16—0,025 mkm ga yetkazadi. Yuza sifatiga ta’sir etuvchi omillar — tekislash kuchi va olmosning surilishidir. Yuzaning mikroqattiqligi 50—60% ga ortadi.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin