Mexanik ishlov berish uchun qo'shimlarni aniqlash usullari



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə2/10
tarix22.05.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#119202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
olimjonov yaxyobek

Nozik ishlov zagotovka yuzasi yuqori darajada aniq bo‘lishini ta’minlaydigan ishlov xilidir. Juda oz miqdorda qolgan qo‘yimni juda ham oz-oz miqdorda olib tashlaydi, shuning natijasida yuqori darajadagi aniqlik ta’minlanadi. Yuza g‘adir-budurligi Ra=2,5—0,63 mkm.

  • Nozik ishlov zagotovka yuzasi yuqori darajada aniq bo‘lishini ta’minlaydigan ishlov xilidir. Juda oz miqdorda qolgan qo‘yimni juda ham oz-oz miqdorda olib tashlaydi, shuning natijasida yuqori darajadagi aniqlik ta’minlanadi. Yuza g‘adir-budurligi Ra=2,5—0,63 mkm.
  • Pardozlovchi () ishlov zagotovka aniqligiga (o‘lchamiga) deyarli ta’sir etmaydi; ta’sir etganda ham o‘zidan oldingi ishlovning joizligi chegarasida bo‘ladi; yuza g‘adir-budurligi Ra=0,63—0,16 mkm.
  • Quyida eng ko‘p qo‘llanadigan ishlov usullari (asosan, uzil-kesil ishlov) haqida ma’lumot beriladi. Bu usullar detallar zagotovkasi yuzasining aniqligi va sifatini shakllantiradi: tig‘li va jilvir (abraziv) asboblar bilan ishlov, yuza bo‘ylab plastik shakl o‘zgartirish, elektrofizik va elektrokimyoviy ishlov.
  • Tig‘li va jilvir asboblar bilan ishlovda zagotovka kesiladi, qiriladi va bular — hozirgi zamon mashinasozligida eng ko‘p tarqalgan usullar hisoblanadi. Bu usullarni alohida-alohida o‘rgangan ma’qul, chunki tig‘li asboblar bilan qattiqligi HRC 45 gacha bo‘lgan, qiruvchi asboblar bilan esa, yana ham qattiqroq metallarga ishlov berish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq. Ba’zi hollarda o‘ta qattiq sintetik materialdan yasalgan tig‘li asboblar bilan qattiqligi HRC 45 dan ortiq bo‘lgan metallarga ishlov berish mumkin.

2. Tig‘li asboblar bilan ishlov berish

  • Bu asboblar bilan ishlov berishni keng tarqalgan toza va nozik (yupqa) ish- lov xillarida: keskich yordamida yupqa qirish, yupqa frezalash, razvyortka yordamida yupqa kengaytirish, yupqa sidirish (), shevinglash misollarida ko‘rib chiqamiz. Shevinglash jarayoni 16-bobda batafsil yoritilgan.
  • Nozik (yupqa) qirish (kengaytirish va toraytirish) ishlovi berilayotgan zagotovka yuzasini bilinar-bilinmas g‘adir-budurlikka olib kelib, yuqori darajadagi aniqlikni ta’minlaydi. Yupqa kengaytirish va toraytirish katta kesish tezligida bajarilib, juda ingichka qirindini yuzadan olib tashlaydi. Yupqa qirish tezligi zagotovka materialiga qarab 100—1000 m/min oraliqda bo‘ladi. Tezlik cho‘yan zagotovka uchun 100—150 m/min, po‘lat uchun — 150—250 m/min, rangli metall qotishmalari uchun — 1000 m/min va undan yuqori. Keskichning suri lishi (ïîäà÷à) xomaki o‘tish (kesish) uchun 0,15 mm/ayl, yakunlovchi o‘tish (kesish) uchun 0,01 mm/ayl. Shularga mos holda kesish chuqurligi 0,2—0,3 va 0,05—0,01 mm chegaralarda olinadi.
  • Qirindi juda ingichka bo‘lganidan kesish kuchi kam bo‘ladi, zagotovka ham qattiq qizib ketmaydi. Shuning uchun yuzada deformatsiyalangan qatlam hosil bo‘lmaydi, zagotovkani dastgohga o‘rnatib qo‘yishda katta kuch talab qilinmaydi. SMAD tizimi ham kesish kuchlariga qattiq qarshilik ko‘rsatmasligi natijasida detal ishlovi aniq chiqadi. Ko‘rsatilgan xususiyatlariga ko‘ra nozik (yupqa) qirish 6—8 kvalitet aniqlikni ta’minlaydi, rangli metallar va ularning qotishmalaridan tayyorlangan zagotovkalarga ishlov berganda 5—6 kvalitetga erishadi. Yuza g‘adir-budurligi qora metall zagotovkalarda Ra=2,5—0,63 mkm, rangli metall qotishmalarida Ra=0,32—0,16 mkm.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin