Mexanik ishlov berish uchun qo'shimlarni aniqlash usullari



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə6/10
tarix22.05.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#119202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
olimjonov yaxyobek

Yupqa silliqlash boshqalaridan juda yupqa qatlamni olib tashlash bilan farq lanadi — dastgoh stoli bir marta yurganda yoki zagotovka bir marta aylanganda 0,005 mm gacha qatlam shilinadi. Buyumning harakat tezligi 10—20 m/min bo‘lsa kesish tezligi 30—40 m/s. Ishlov jarayonida ko‘ndalang harakat tugagach, g‘ildirak ishlov berilayotgan yuzadan 5—10 marta o‘tkaziladi. Silindr yassi va murakkab yuzalarning aniqligi dastlab 6—8 kvalitet bo‘lsa, yupqa silliqlashdan so‘ng 5—6 kvalitetga yetadi.

  • Yupqa silliqlash boshqalaridan juda yupqa qatlamni olib tashlash bilan farq lanadi — dastgoh stoli bir marta yurganda yoki zagotovka bir marta aylanganda 0,005 mm gacha qatlam shilinadi. Buyumning harakat tezligi 10—20 m/min bo‘lsa kesish tezligi 30—40 m/s. Ishlov jarayonida ko‘ndalang harakat tugagach, g‘ildirak ishlov berilayotgan yuzadan 5—10 marta o‘tkaziladi. Silindr yassi va murakkab yuzalarning aniqligi dastlab 6—8 kvalitet bo‘lsa, yupqa silliqlashdan so‘ng 5—6 kvalitetga yetadi.
  • Yupqa silliqlash ishlov berilayotgan yuzaning xatosini sezilarli darajada to‘g‘rilaydi. Masalan, dastlabki xato 30—50 mkm bo‘lsa, ishlovdan so‘ng 10 mkm gacha kamayadi; 2,5—5 mkm gacha to‘g‘rilashi mumkin; yuza g‘adirbudurligini GOST 2789-73 bo‘yicha taxminan uch klass pasaytiradi.
  • Tashqi silindr yuzalarni silliqlashda 24A40SM1-S2 rusumli jilvir g‘ildirak keng qo‘llanadi, chunki uni ish jarayonida mayda donali g‘ildiraklarga qaraganda kam yog‘ bosib ketadi.
  • Yupqa silliqlash ko‘pincha tashqi yuzalar uchun qo‘llanadi. Teshiklarga yuqori aniqlik bilan ishlov berishda tejamliroq usullar (yupqa qirish, yupqa razvyortkalash, xoninglash va sh.k.) qo‘llanadi. Qiruvchi g‘ildirakni vaqti-vaqti bilan to‘g‘rilab tur ish va muvozanatlashga katta e’tibor beriladi. G‘ildirak aylanib turgan paytda (ishlashdagi tezlikka yaqin) stroboskopik qurilma yordamida statik muvozanatlash yaxshi natijalar beradi.

G‘ildirakni to‘g‘rilash bilan uning ishchi yuzasi shakli va mikroprofili, kesish qobiliyati tiklanadi. To‘g‘rilash maxsus qisqichga o‘rnatilgan olmos donasi, olmos qalam, olmos g‘o‘lacha yoki olmos plastina yordamida amalga oshiriladi. Yirik guruhli va yalpi ishlab chiqarish sharoitlarida avtomatlar yordamida to‘g‘rilanadi. G‘ildirakni olmos bilan to‘g‘rilashda ko‘ndalang surilish bir martasiga 0,05—0,01 mm bo‘ladi.

  • G‘ildirakni to‘g‘rilash bilan uning ishchi yuzasi shakli va mikroprofili, kesish qobiliyati tiklanadi. To‘g‘rilash maxsus qisqichga o‘rnatilgan olmos donasi, olmos qalam, olmos g‘o‘lacha yoki olmos plastina yordamida amalga oshiriladi. Yirik guruhli va yalpi ishlab chiqarish sharoitlarida avtomatlar yordamida to‘g‘rilanadi. G‘ildirakni olmos bilan to‘g‘rilashda ko‘ndalang surilish bir martasiga 0,05—0,01 mm bo‘ladi.
  • Yupqa silliqlash jarayoni sovituvchi suyuqlikni ko‘p talab qiladi. Bundan tashqari, suyuqlik yaxshi filtrlangan bo‘lishi kerak, aks holda g‘ildirak zarrasi yoki metall qirindisi ishlov mintaqasiga tushib qolishi mumkin. Yirik guruhli va yalpi ishlab chiqarishda yupqa silliqlash yarimavtomat va avtomat tarzda bajariladi.
  • Xoninglash — jilvir qayroqchalar bilan teshiklarga toza ishlov berish jara- yonidan iborat; teshik shaklini katta aniqlikka yetkazadi, yuzasi g‘adirbudurligini sezilar-sezilmas darajaga olib keladi va kam deformatsiyalangan qatlam qoldiradi. Biroq teshib og‘ib ketgan bo‘lsa, xoninglash uni to‘g‘rilay olmaydi. Bu ishni oldingi ishlovda to‘g‘rilash lozim bo‘ladi.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin