Mexanik ishlov berish uchun qo'shimlarni aniqlash usullari



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə4/10
tarix22.05.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#119202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
olimjonov yaxyobek

Sidirish zagotovkaning ichki va tashqi yuzalariga nozik ishlov berish usullaridan hisoblanadi. Ko‘ndalang kesimi turlicha (doira, kvadrat, ko‘pburchakli, tishli-shlitsali, shuningdek, turli ariqcha va chuqurchalar) teshiklarni sidirish — ichki sidirishga kiradi. Tekisliklarni, murakkab bichimli yuzalarni sidirish tashqi sidirish deyiladi.

  • Sidirish zagotovkaning ichki va tashqi yuzalariga nozik ishlov berish usullaridan hisoblanadi. Ko‘ndalang kesimi turlicha (doira, kvadrat, ko‘pburchakli, tishli-shlitsali, shuningdek, turli ariqcha va chuqurchalar) teshiklarni sidirish — ichki sidirishga kiradi. Tekisliklarni, murakkab bichimli yuzalarni sidirish tashqi sidirish deyiladi.
  • Tekis silindr teshiklarni sidirish 6—9 kvalitet aniqlikni va Ra=2,5 0,63 mkm g‘adir-budurlikni ta’minlaydi. Teshiklarni toza sidirishda asbobning keskichlari diametri 0,02—0,04 mm ga ortib boradi. Bir to‘pi 100 ta bo‘lgan zagotovkalarning teshigiga ishlov berishda odatdagi ishlov: parmalash, zenkerlash va razvyortkalash o‘rniga sidirib ishlov berish iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydi. Tashqi yuzalarni sidirish 11 kvalitet aniqlik beradi. Sidirish gorizontal va vertikal, hammabop va maxsus avtomatlar va yarim avtomatlarda bajariladi.
  • Teshikni silliqlash (ïðîøèâàíèå) sidirishga o‘xshagan ishlov turi, lekin u nisbatan kaltaroq asbob — proshivka yordamida bajariladi. U ishlov beriladigan teshik ichidan press yordamida itarib o‘tkaziladi. Bu usul yakuniy ishlov bo‘la oladi, 6 kvalitet aniqlik va Ra=1,25 0,63 mkm g‘adir-budurlik beradi.

3. Jilvir asboblar yordamida ishlov berish

  • Quyidagi jarayonlarni ko‘rib chiqamiz: silliqlash, xoninglash, surkalish, sayqallash, superfinish va mikrofinish.
  • Silliqlash (shlifovka) silindr, tekis va murakkab shaklli yuzalarga dastlabki va yakunlovchi ishlov berish usuli sifatida mashinasozlikda keng qo‘llanadi; 5— 7 kvalitet aniqlik va Ra=1,25—0,08 mkm g‘adir-budurlikni ta’minlaydi; silliqlovchi stanoklar yordamida bajariladi.
  • Detal silliqlash quyma yoki qizigan holda shtamplab tayyorlangan stanoklarda asos (áàçà) yuzasini hosil qilish uchun qo‘llanadi. Bunday silliqlash bilan sezilarli qo‘yim (1 mm va undan ko‘proq) olib tashlanadi, shuning uchun yirik donali (80—125), segmentli charxtosh (g‘ildirak, jilvir, doira) ishlatiladiki, u qalingina qatlamni oladi, g‘adir-budirlikni Ra=2,5—1,25 mkm ga tushiradi. Bundan tashqari, segmentli charxtosh ishlov yuza bilan yaxshi tutashganidan unumdorlik yuqori bo‘ladi.
  • O‘lchamli silliqlash guruhli va yalpi ishlab chiqarishda olib tashlanadigan qatlamga va yuzaga qo‘yilgan talablarga qarab bir yoki ikki amalda bajariladi. Bir amallik ishlovda diametr bo‘yicha 0,2—0,6 mm qatlam (qo‘yim), ikki amalda — 0,6—0,8 mm qatlam olinadi. Yuzaga juda yuqori talablar qo‘yilsa, yupqa silliqlash amali qo‘llanadi, u diametr bo‘yicha 0,04—0,08 mm oladi.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin